Shu munosabat bilan muzey 2026 yil 14 sentabrdan 2027 yil 30 mayga qadar tashrif buyuruvchilar uchun vaqtincha yopiladi.

Loyiha doirasida muzey binosida taʼmirlash-tiklash ishlari amalga oshirilib, isitish va sovitish tizimlari toʻliq modernizatsiya qilinadi. Shuningdek, zamonaviy muzey talablariga mos ekspozitsiya shakllantirilib, muzey infratuzilmasi takomillashtiriladi.

Belgilangan ishlar yakunlangach, Yunus Rajabiy uy-muzeyi tashrif buyuruvchilar uchun oʻz faoliyatini qayta tiklaydi.