“Toshkent shahar yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” davlat muassasasi nazoratchilari tomonidan avtobuslarda to‘lov madaniyatini oshirishga qaratilgan kuchaytirilgan nazorat reyd tadbirlari olib borilmoqda.

2026-yil avgust oyida yo‘lkira haqini to‘lamasdan harakatlangan 10 843 nafar yo‘lovchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 144-moddasi 5-qismiga asosan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan. Bu o‘rtacha hisobda bir kunda 350 ta holatni tashkil etgan.

2026-yil sentabr oyining 8-sanasiga qadar esa mazkur modda asosida yo‘lkira haqini to‘lamasdan harakatlangan 4 696 nafar yo‘lovchiga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan. Bu o‘rtacha hisobda bir kunda 587 ta holatni tashkil etadi.

Mazkur ko‘rsatkichlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, sentabr oyining dastlabki 8 kunida bir kunlik o‘rtacha rasmiylashtirilgan ma’muriy bayonnomalar soni avgust oyidagi o‘rtacha ko‘rsatkichga nisbatan 237 taga, ya’ni qariyb 68 foizga oshgan.