Uchrashuvda tomonlar joriy yilning 11-15-aprel kunlari Transport vaziri oʻrinbosari Abdusamat Moʻminov boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasining Koreya Respublikasiga tashrifi yakunlari boʻyicha imzolangan Memorandumda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning amaliy ijrosi muhokama qilindi.
Xususan, tomonlar transport hamda yoʻl xoʻjaligi sohasida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish, grant mablagʻlarini jalb qilgan holda istiqbolli loyihalarning texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish masalalari yuzasidan fikr almashdi.
Kim De Xo “KEC” korporatsiyasi Oʻzbekistonda DXSH asosidagi transport infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etishga katta qiziqish bildirayotganligini maʼlum qildi. Shuningdek, u mazkur yoʻnalishda istiqbolli loyihalarni birgalikda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi mablagʻlarini jalb etgan holda amalga oshirishni koʻrib chiqishga tayyorligini bildirdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar muhokama etilgan masalalar yuzasidan kelgusi qadamlarni belgilab, ushbu yoʻnalishda hamkorlikni faollashtirishga kelishib oldi, deya xabar bermoqda Transport vazirligi axborot xizmati.
Janubiy Koreya bilan transport hamda yoʻl xoʻjaligi sohasida qoʻshma loyihalar amalga oshiriladi
24-may kuni Transport vaziri oʻrinbosari Abdusamat Moʻminov Janubiy Koreyaning “Korea Expressway Corporation” (KEC) korporatsiyasi xorijiy loyihalar departamenti direktori oʻrinbosari Kim De Xo bilan uchrashdi.
2027-yilda qaysi mahallalardagi hujjatsiz uy-joylar xatlovdan oʻtkaziladi?
- Mudofaa vaziri etib tayinlangan Botir Qudratxo‘jayevni kuzatish marosimi o‘tkazildi
- Özbek alifbosidagi 4 ta harf özgardi: hujjatlarni almaştiriş şart emas
- Pensiya islohotlari: fuqarolar oʻz kelajagidan xavotir olmasligi lozim
- Ustyurtda yangi quduqdan yuqori bosim ostida gaz olindi
- Bu – tarixiy ko'rsatkich!