Bu çoralar 2030-yilgaça mahalliy yölovçi taşişni rivojlantiriş strategiyasi loyihasida nazarda tutilgan.
Loyihaga köra, 2028-yil oxirigaça «Qöqon — Pop — Namangan — Andijon — Marğilon — Qöqon» halqa yönalişidagi elektropoyezdlar qatnovi kuniga bir martadan ikki martaga oşiriladi.
Uşbu çorani amalga oşiriş Transport vazirligi, Andijon, Namangan va Farğona viloyatlari hokimliklari hamda «Özbekiston temir yöllari» AJ zimmasiga yuklanişi taklif etilgan.
Hujjatda buning uçun qöşimça mablağ ajratiş közda tutilmagan.
2028-yil oxirigaça Pop temiryöl stansiyasi va Namangan avtovokzali örtasida muntazam mikroavtobus qatnovini taşkil etiş ham rejalaştirilgan.
Bu yölovçilarga temiryöl va avtobus transporti örtasida qulay aloqa yaratiş imkonini beradi.
Strategiya loyihasida yana bir muhim reja bor: 2027-yil oxirigaça «Toşkent — Andijon» tezyurar elektropoyezdlar yönalişini Samarqandgaça uzaytiriş.
Natijada «Andijon — Samarqand» töğridan-töğri temiryöl qatnovini yölga qöyiş taklif etilgan.
Bu Farğona vodiysini Toşkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari bilan boğlaydi.
Temiryöl infratuzilmasi ham yangilanadi
Loyihada 2024–2026-yillarda amalga oşirilgan işlar ham qayd etilgan.
Uşbu davrda uçta EP3D tezyurar elektropoyezdi xarid qilingan. Ular:
- «Toşkent — Xöjikent»;
- «Qöqon — Namangan — Andijon — Qöqon»;
- «Toşkent — Bekabod» yönalişlarida xizmat körsatmoqda.
Şuningdek, «Toşkent — Angren — Pop» uçastkasidagi törtta tortiş podstansiyasining quvvati oşirilgan.
Davlat-xususiy şeriklik asosida modernizatsiya qilinişi va boşqaruvga berilişi rejalaştirilgan obyektlar qatoriga Qöqon temiryöl vokzali va Namangan aeroporti ham kiritilgan.