Kechasi va erta tongda harorat 15-20 daraja bo‘lib, yoqimli salqinlik seziladi. Kunduz kunlari esa quyosh nurlari ta’sirida havo 30-35 darajagacha, ayrim kunlarda 37 darajagacha isishi mumkin.
Oyning ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarida nisbatan barqaror harorat kutilmoqda. Bu davrda havo harorati kechalari asosan 10-15 daraja, kunduz kunlari esa 25-30 daraja bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
Oyning ayrim kunlarida 1–3 kun biroz jadallikdagi yomg‘irlar yog‘ishi mumkin. Respublikaning janubiy hududlarida esa sentabr oyida yog‘ingarchilik ehtimoli juda kam bo‘lishi prognoz qilinmoqda.