Mazkur hujjat Surxon davlat qöriqxonasi (Özbekiston) va Qöyitontoq qöriqxonasi (Turkmaniston) hududlarini qamrab oluvçi transçegaraviy tabiiy meros obyektini YUNESKOning Umumjahon merosi röyxatiga kiritiş maqsadida tayyorlangan.
Dastlabki baholaş uçun butun dunyodan jami 60 ta ariza taqdim etilgan bölib, belgilangan 35 ta ariza limiti doirasida “Köhitang karstlari, kanyonlari va ğorlari” nomzodnomasi ham tanlab olindi. Nomzodnomani saralaşdan muvaffaqiyatli ötişi obyektni xalqaro miqyosda e’tirof etiş yölidagi muhim qadamlardan biri hisoblanadi.
Keyingi bosqiçda nomzodnomani körib çiqiş jarayonida YUNESKOning Maslahat organlari bilan hamkorlik qiliş, zarur texnik masalalarni muvofiqlaştiriş va tegişli ma’lumotlarni taqdim etiş işlari davom ettiriladi.
Mazkur taşabbus Özbekiston va Turkmaniston örtasidagi tabiiy merosni muhofaza qiliş sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlaş, Köhitang toğ tizimining noyob tabiiy xususiyatlari va biologik xilma-xilligini xalqaro miqyosda tarğib etişga xizmat qiladi.