Bu haqda “PNAS” nashri xabar berdi.
Tadqiqot shu tariqa o'tkazilgan: ko'ngillilardan u yoki bu jumlalarni aytish so'ralgan va bu vaqtda maxsus lazerlar bilan ular og'zidan chiqqan mikrotomchilar havoda qancha uzoq qolishi o'lchangan.
Aniqlanishicha, baland tovush bilan bir daqiqa davomida gapirganda bunday tomchilardan kamida ming dona hosil bo'lib, ular havoda o'rtacha 8 daqiqa, ba'zi holatlarda esa 14 daqiqagacha saqlanib qolar ekan.
Ta'kidlash joiz, tadqiqotda havo harakati, harorat o'zgarishi va boshqa omillar hisobga olinmagan.
Biroq virusning havoda bir necha daqiqaga qolishi mumkinligining o'zi himoya niqoblari taqib yurish kerakligi foydasiga jiddiy asos hisoblanadi.
Koronavirusning havoda qancha muddat qolishi aniqlandi
Amerikalik olimlar koronavirusga chalingan odam gapirganda uning og'zidan chiqqan va koronavirus saqlagan tomchi zarralari havoda 14 daqiqagacha qolishi mumkinligini aniqlashdi.
2027-yilda qaysi mahallalardagi hujjatsiz uy-joylar xatlovdan oʻtkaziladi?
- Mudofaa vaziri etib tayinlangan Botir Qudratxo‘jayevni kuzatish marosimi o‘tkazildi
- Oʻzbekiston Prezidenti “Lukoyl” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarning borishi bilan tanishdi
- Oʻzbekistonda Xitoy Xalq Respublikasining Lyaoning pedagogika universiteti filiali tashkil etiladi.
- Pensiya islohotlari: fuqarolar oʻz kelajagidan xavotir olmasligi lozim
- Terma jamoamiz FIFA reytingida bir pog‘ona yuqoriladi