Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligiga bağişlangan hamda ­“Yagona Vatan, yagona xalq bölib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” boş ğoyasi asosida ötkazilayotgan “Mustaqillik töyi”ning nav­batdagi manzili qardoş Turkiya böldi va u yerda “Bir ildiz, bir maʼrifat: Özbekis­ton — Turkiya döstligi köprigi” mavzusida olimlar va ziyolilar forumi tarzida davom etdi.

Bir ildizdan tarqalgan, bir buloqdan suv içgan, taqdiri va kelajagi çambarças boğliq ikki xalqning maqsadlari yagona, orzu va intilişlari hamohangdir. Zotan, bizni muştarak til, özaro uyğun anʼana va qadriyatlar, azaliy döstlik hamda asrlar davomida şakllanib, mustahkamlanib kelayotgan madaniy aloqalar boğlab turadi.

Turkiya janubida joylaşgan, çor tarafdan Örtayer dengizi, Suriyaning Halab viloyati hamda Ğazantep va Adana viloyatlari bilan tutaşgan Hatay şahri markazidagi Mustafo Kamol universiteti jamoasi va talabalari bilan suhbat har ikki xalqning tarixiy ildizlari, muştarak ilmu maʼrifati, til va madaniyat uyğunligi borasidagi ilmiy bahslar va ijodiy muloqotlar bilan boşlandi.

Hatayning Ovakent mahallasidagi uç yuz vatandoşimizga “Bir dasturxon — ikki qardoş xalq” şiori ostida dasturxon yozilib, özbekça oş tortildi. Mahalla raisi Abdulvahob Yunusning sözlaridagi samimiyat va mehr bunday ifoda etiladi: “Zilziladan jabr körmagan odam qolmadi, bolalarimizning öqişi, iş faoliyatimiz töxtadi, hamma birdek ğamgin bölib qoldi. Qiş kuni emasmi, kiyimlarimizda, oziq-ovqatda ham taqçillik böldi. Şunda Özbekistondan katta yordam keldi, könglimiz toğdek kötarildi, quruvçilaru mutasaddilar yana ravon hayot tarzimizga qaytişimizga kömaklaşdi. Eng muhimi, vatandoşlarimiz bizni uyli qildi, bundan ortiq baxt bormi? Haligaça eslasam, közimga yoş keladi. Tibbiyot asboblarini kötarib bizga yordamga şoşgan, bolalarimizga, hatto, öqiş uçun kitobu daftargaça yetkazgan vatandoşlarimizning yordamlarini qanday aytmayin? Ming rahmat sizlarga!”.

Hatay hokimi Xayriddin Quyunkuyur zilziladan keyingi uç yil içida şahar qaytadan tiklangani, bunda Özbekiston xalqining ham katta hissasi borligi haqida gapirar ekan, bunday deydi: “Qi­yin kuningda yelkangdan tutib turgan dös­tingning qöli katta madad bölar ekan. 2023-yil fevral oyida Turkiyada yuz bergan kuçli zilzila oqibatlarini bartaraf etiş uçun Özbekiston xalqi öşa oğir kunlarda Hatay ahli bilan ruhan yaqin va bahamjihat böldi. Özbekiston ­taşabbusi bilan Hatayning Arsuz tumanida 306 ta xonadondan iborat turar joylar barpo etildi va bu maskanga “Özbekiston mahallasi” nomi berildi. Keng va şinam köçalar, boğlar, bolalar maydonçalari, maktabu boğçalar, Samarqand va Toşkent nomlari berilgan köçalar, Buxoro jome masjidi — bularning barçasi umumiy qad­riyatlarimizning bebaho ifodasi bölib közni quvnatadi. Şahar insonni tarbiyalaydi, inson şaharni gözallaştiradi”.

U şunday deya bizni Özbekistonning “Döstlik” boği sari çorlaydi va faxr bilan qöşib qöyadi: “Şahrimiz Turkiyaning 81 şahridan 31 tasigagina berilgan ­“katta şahar” maqomiga ega. Kelganingizdan mamnunmiz, ota yurtimiz Buxoro va Samarqandni körgandek böldik”.

Osmonga suyanib turgan Toros toğ tizmalari oşa quyoşning zarrin nurlari hozirgina yoqqan yomğir tomçilarini allalar ekan, taniqli maqom ustasi Aziz Rajabiy ijrosida tanbur nolalari jörligida yang­ragan Navoiy satrlari davraga jon kiritadi:

Qaro közim, kelu mardumliğin

endi fan qilğil,

Közum qarosida mardum kibi

vatan qilğil...

Ilmu fan, ijod poytaxti

Anqara ijtimoiy fanlar universitetidagi anjuman Özbekistonda istiqlol yillarida amalga oşirilgan bunyodkorlik işlari, yangi Özbekistonning inson qadri tamoyiliga asoslangan ezgu ­islohotlarini mujassam etgan “Mus­taqillik zafarnomasi” kitobi taqdimotiga ulandi. Tadbirda rektor Muso Kozim Apijonning Özbekiston va özbek allomalari haqidagi taassurotlari, özbek va turk taʼlim-maʼrifatini yuksaltiriş hamda bugungi şiddatli davrda maʼnaviy masalalarda ham faol böliş borasida har ikki davlat olimlari birlaşmoği lozimligi haqidagi fikrlari tinglandi. Şuningdek, universitet olimlari — professorlar Azim Apijon, Xayri Kaplan, Mahmud Yesad Erqoya singari turk oydinlari maʼruzalarida ilgari surilgan tarixiy şaxslarning madaniyat borasidagi qaraşlari, ilohiyot va madaniyatning yangiça talqinlari, maʼrifatli jamiyatning yurt taraqqiyotidagi örni haqidagi ilmiy faraz va xulosalar qizğin ilmiy munozaralarga aylanib ketdi.

Ziyolilarimiz yaxşi bilişadi, yaqindagina davlatimiz rahbarining tegiş­li farmoniga muvofiq turkiyalik taniqli olim va davlat arbobi, Renessans universiteti faxriy professori ­Kamol Yavuz Ataman “Maʼrifat elçilari” loyi­hasi doirasida xalqlarimiz örtasida ilmiy-maʼrifiy aloqalarni rivoj­lantirişga qöşgan munosib hissasi uçun “Döstlik” ordeni bilan mukofotlangan edi. Anqara ­ijtimoiy fanlar universitetidagi uçraşuv uning “Men tanigan Özbekiston” asarining turk tilidagi naşri taqdimoti bilan boş­landi. Muallifning satrlarida bunday eʼtiroflar tilga olingan: “Xöja Ahror Valiy, Alişer Navoiy kabi buyuk şaxslarni, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Zamaxşariy kabi uluğ ulamolarni, Najmiddin Kubro, ­Abduxoliq Ğijduvoniy, Yusuf Hamadoniy, Bahouddin Naqşband kabi tasavvuf pirlarini, Muhammad Muso al-Xorazmiy, Ahmad Farğoniy, Ibn Sino, Abu Nasr Forobiy, Mirzo Uluğbek, Ali Quşçi kabi jahonşumul olim va faylasuflarni yaqindan biliş şartdir”.

Ayniqsa, muallifning “Turkiston jadidçilik harakatining buyuk namoyan­dalaridan biri, şoir, adib va ­yozuvçi ­Abdulhamid Çölponning maşhur hamda yuraklarni larzaga soluvçi “Gözal Turkis­ton, senga ne böldi?” şeʼri bu muqaddas zaminga mansub va u har bir inson qalbida çuqur iz qoldirgan. U qisqa umr körganiga qaramay, yaratgan asarlari, boşdan keçirgan azob-uqubatlari, taʼqib­lar, zulmlar va şahidlik qismati bilan xalq xotirasidan abadiy joy oldi. U bu zaminning heç qaçon sönmaydigan, porloq çölpon yulduziga aylandi” degan bitiklari kitobxonni yaqin tarixga qaytaradi va faxr bağişlaydi.

Muallif Çölponning muqaddas xotirasiga va “Gözal Turkiston, senga ne böldi?” degan tarixiy savoliga çuqur ehtirom körsatgan holda yangi Özbekistonning Osiyo osmonida porlayotgan yulduz ölaroq yuksalib borayotganiga bölgan işonçini quyidagi misralar bilan ifoda etadi:

Gözal Çölpon, qara, bir zamon keldi,

Har bir inson qalbi quvonçga töldi,

Yoşlar baxtli hayot sari yöl oldi,

Turkistonga boq — bir yulduz tuğildi,

Nomi yangi Özbekiston böldi.

Imzolangan hamkorlik memorandumida ijtimoiy fanlar yönalişidagi aloqalarni özbek va turk olimlarining ilmiy muloqotiga asoslanadigan qöşma konferensiya va forumlar tarzida davom ettirişga kelişib olindi.

Tarix fanlari böyiça falsafa doktori Bekzod Abdirimovning xulosalari ham qiziqarli. Olim öz tadqiqotlarini turk zaminida olib borayotgani, Jaloliddin Manguberdining harbiy merosini örganiş asnosida Silvanda uning dafn etilgan joyini aniqlaşga qaratilgan izlanişlari, Onadölidagi xorazmlik­lar (horzumlular) tarixi, qadriyatlari va tarixiy xotirasini örgangani haqida sözladi. U qişloqlarda manba izlagani va manbadan taşqari yana bir muhim narsa — ruhiy yaqinlikni topgani, nomlarda, xotiralarda, mehmondöstlikda, insonlarning bir-biriga munosabatida taniş bir ruhni his qilganini taʼkidladi. Mamlakatning 81 viloyatidan 12 tasida bölib, Şonliurfadan Istanbulgaça bölgan elçalar, qişloqlar va mahallalarni kezgan tadqiqotçi 100 yil oldin jadid bobomiz, oydinimiz Mahmudxöja Behbudiyning Istanbul manzarasiga mahliyo bölib yozgan “Qaragan ila töymaysan... Istanbul manzarasi favqulodda bir manzaraki, ­Ovröpo va amriqoyilar-da muning oşiqidur. Biz-da albatta!” satrlarini bunday şarhlaydi:

“Oddiy bir özbek olimi sifatida 1453-yilda fath etilgan Konstantinopolning yoriq devori ostida ötirib, bir piyola turk çoyini içişdan baxtiyorlik tuyaman. Şarqiy Yevropaning iqtisodiy, siyosiy, maʼnaviy markazi bölgan bu diyor­da, yana ham quvonçlisi, bir vaqtning özida 5 ming kişiga xizmat körsatadigan, 4 million bosma naşr, 120 million elektron fayl, 28 ming qölyozma manbaga ega dunyoning eng ulkan kutubxonalaridan biri — Anqara xalq kutubxonasida tadqiqotlarimni davom ettirmoqdaman”.

Tadqiqotçining sözlarini tinglab, Qozizoda Rumiyning Samarqandda mudarrislik qilgani, Ali Quşçi sönggi yillarini Istanbulda ötkazgani, Abdurauf Fitrat, Muhammadşarif Söfizoda, Said Ahroriy kabi jadid bobolarimiz Turkiyada taʼlim olgani xayolimizdan ötadi. Zamonning maʼrifatparvarlari va oydinlari şijoati hamda ilmu fan muhiti Toşkent bilan Anqarani, Samarqand bilan Konyani, Buxoro bilan Bursani, Xiva bilan Edirneni boğlagani, hozir Istanbulda Abu Rayhon Beruniy nomidagi universitet faoliyat yuritayotgani, Turkiya kitob fondlarida Alişer ­Navoiy asarlarining 100 dan ortiq qölyozmasi saqlanayotganining xosiyati könglimizni tölqinlantiradi.

Madaniy muloqotda adabiyot inson ruhiyatining közgusi, xalqning qalbi va milliy özligi ekani, bu jarayon Alişer Navoiy va Yunus Emrodan boşlangan maʼnaviy merosning yorqin körinişlarida davom etayotgani, Nobel mukofoti sohibi Örxon Pamuk asarlarini özbek kitobxonlari sevib öqiyotgani ham quvonçlidir. Turkiya yozuvçilar uyuşmasida imzolangan “Mehr qanotlarida” ijtimoiy loyihasi özbek va turk bolalar adabiyoti uçun yangi nomlarni, yangi asarlarni kaşf etiş imkoniyatini beradi. Turkiya yozuvçilar uyuşmasi raisi, professor Muhammad Enes Qalʼaning taʼkidlaşiça, uşbu ijtimoiy loyiha nodir qadriyatlarning bolalarça talqini, mehru oqibatning şarqona eʼtirofi sifatida tortiq qilinadi. Eng muhimi, ikki el farzandlari bolalar adabiyotining yoş mualliflari bilan yaqindan tanişadi, jamlanmaga kiritilgan asarlar mualliflari iştirokida muloqot tadbirlari bölib ötadi.

“Şoirlar ezgulikning elçilaridir”, deyişadi. Mening turk tilida çop etilgan möʼjazgina “Hasret Türküsü” (“Soğinç qöşiği”) kitobim ham ziyolilar forumining adabiyot muhiblari uçun sovğa bölganidan baxtiyorman. Tarjimon Maʼrufjon Yöldoşev tomonidan turk tiliga ögirilgan şeʼru hikoyalarim jamlangan uşbu asar haqida sözlaganimda, adabiyotning köngillarga tarjimasi ezgulikdan iborat bölmoği naqadar sururli ekanini özbek şoirasi va olimasi sifatida çuqur his qildim.

Oriflar huzurida

Har birimizning ongu şuurimizni, qalb va kayfiyatimizni buyuk allomalarimizning ötli va bezavol satrlari bir lahza ham tark etmaydi. Insoniyatni birlikka, muhabbatga çorlagan mavlono Jaloliddin Rumiyning “Bizni oriflar köngillaridan izlangiz” degan ögiti biz uçun faqatgina falsafiy xitob emas, balki xalqlarimizning maʼnaviy tutaşuv nuqtasi ekanini safarimizning har daqiqasi va soniyasida anglab bordik. Madaniyatşunos va sanʼatşunos olimlar tomonidan dunyoning har bir göşasida köngil ziynati sanalmiş ijodga berilgan bahoning naqadar totimli ekani va bu boradagi faylasufona qaraşlar tafakkurimizni çarxladi. Sanʼat jamiyatning bebaho xazinasi, inson tafakkurining bebaho kaşfiyotidir. Har bir xalqning sanʼati şu millatni dunyoga tanitadi, jahon sahnalarida şu xalqning ­nomidan söz aytişga şaroit yaratadi. Zero, sanʼat tarjima talab qilmaydi. Istanbul madaniyat universiteti rektori, professor Gulfetdin Çelek hamda taniqli adabiyotşunos olim Ahmad Koçakning “Milliy qadriyatlarimiz boşida maʼnaviyat turadi, bu tuşunçada xalqimizning eng yuksak qad­riyatlari, xususan, halollik, töğrilik, vatanparvarlik, yurtga muhabbat kabi fazilatlar mujassam. Ikki mamlakat olimlari maʼnaviyat bilan boğliq tizimli tadqiqotlar olib borişsa va mana şunday hikmatli ilmiy muloqotlarning xulosalarini hayotga tatbiq etişsa, jamiyatdagi ijtimoiy-maʼnaviy muhitga katta taʼsir körsatiş mumkin. Albatta, taklifu xulosalarning aniq va manzilli bölişi katta eʼtibor talab etadi” degan xulosalari ham universitet bilan “Maʼrifat” tarğibotçilar jamiyati örtasida qöşma memorandum tuzilişiga asos böldi.

Anjumanda faylasuf olim Ilhom Suvonov mazmunli maʼruza qilib, taʼlimni tarbiya bilan uyğunlikda olib boriş, taʼlim xalqlarni özaro bilimiga şerik qilişi, maʼrifat esa bir-birining taqdiriga befarq bölmaslikka örgatişi, bilim inson imkoniyatlarini kengaytirsa, maʼnaviy masʼuliyat şu imkoniyatlarni ezgu maqsadga yönaltirişga yordam berişi, şu bois, taʼlim hamkorligini insonning ilmi, dunyoqaraşi va jamiyatga munosabati bilan boğliq holda baholaş muhimligi borasidagi mulohazalari bilan örtoqlaşdi.

Tadbir davomida turk talabalarining xonişlariga jör bölib, turkça qöşiqlarni xirgoyi qilamiz. “Nihol” mukofoti sovrindori Adolat Ismoilova jonli ovozda ijro etgan “Mustahzod” aşulasi suhbatlarimizga ziynat beradi, beixtiyor turk qardoşlarimiz ham kuy-qöşiqlarimizga qöşiladi.

Maşhur turk ijodkori, taniqli prodyuser va ssenariy muallifi Mahmud Bözdoğ hamda “Bözdoğ-film” ijodkorlarining turk va özbek kino sanʼati namoyandalari bilan hamkorligida yaratilgan, buyuk sarkarda va sönggi xorazmşoh Jaloliddin Manguberdi hayoti va uning möğullar bosqiniga qarşi kuraşiga bağişlangan “Mendirman Jaloliddin” serialining jahon kino sanʼati durdonasi sifatida namoyiş etilişi ham ikki xalq sanʼatining muazzam körinişi ekani eʼtirof etildi. Qadimiy va navqiron Xiva şahrimizning “Turkiy dunyo madaniyati poytaxti” deb eʼlon qilingani esa navbatdagi suhbatimizga mavzu böladi.

Oriflarning teran hikmati, olimlarning fidokorona mehnati va komil taʼlim-tarbiya tizimi kelgusida ikki buyuk xalqning bağridan yana yangi-yangi Alişer Navoiylar, mavlono Rumiylar, Mirzo Uluğbeklar, Ibn Sinolar va Yunus Emrolarni yetiştirişiga hamda ularni butun dunyoga tanitişiga işonçimiz katta. Zero, bugungi kunda berilgan soğlom taʼlim va ilğor tarbiya ertangi kunning buyuk kaşfiyotlari, maʼnaviy yuksalişlari va sivilizatsiyalararo muloqoti uçun mustahkam poydevor bölib xizmat qiladi.

Insonlarni çegaralar ajratib turadi, sanʼat va adabiyot esa birlaştiradi. Ilmu fan olimlarimizni maʼrifiy va ilmiy muloqotlarga çorlaydi, bu muloqotlardagi ilmiy natijalar esa har ikki xalqning tafakkuri va dunyoqaraşini kengaytirişga xizmat qiladi.

Ziyolilar birlaşsa, köngillar yaqin bölsa, yöllar qisqaradi. Isteʼdod egalarining oydin safarlardagi yorqin faoliyat­lari madaniyat, maʼrifat va sanʼatning oltin zanjirlari bölib ellarni yaqinlaştiradi, hamjihatlik va hamkorlik esa vatan ravnaqiga xizmat qiladi!

Şu şarafli vazifaga xizmat qilmoq hayotimizning mazmuni bölmoği kerak!

Sayyora TÖYÇIYEVA,

“Maʼrifat” tarğibotçilar jamiyati aʼzosi, professor