Hududning katta qismida havo harorati 38-41 daraja atrofida, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 42-44 darajagacha bo‘ladi.

Keyinchalik ish haftasining oxirigacha issiq asta-sekin kuchayib boradi.

Kunduzgi havo harorati 41-43 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 42-44 darajagacha ko‘tariladi. Kechalari havo dim bo‘lib, 23-28 daraja,

shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 28-33 daraja atrofida bo‘ladi.

Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

13-14-iyul kunlari ayrim tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

13-iyulda Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona vodiysida tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Toshkentda: asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi. Bugun va ertaga kunduzgi havo harorati 38-40 daraja, 15-17 iyulda 40-43 daraja, kechalari esa asosan 25-28 daraja bo‘ladi.