Tekshiruv natijalariga koʻra, Chilonzor yoʻnalishida “Buyuk ipak yoʻli” — “5-bekat” yoʻnalishi boʻyicha harakatlanayotgan poyezd mashinisti “Milliy bogʻ” va «Novza» bekatlari oraligʻida salbiy vaziyatni oldini olish maqsadida favqulodda toʻxtashni amalga oshirdi, deya xabar qiladi “Toshkent metropoliteni” UK.
Uning soʻzlariga koʻra, poyezd harakatlanayotgan paytda oldindagi yoʻlda kontakt relslarni quvvatlovchi tokopriyomnikda uchqun chiqayotganini koʻrib qolgan. Koʻrsatma (instruksiya) talablariga binoan, mashinist poyezdning harakatini toʻxtatishga qaror qildi, chunki ushbu vaziyatda harakatni davom ettirish mumkin emas. Mashinist bu haqda tezkorlik bilan dispetcherga xabar berdi, yoʻnalishdagi harakat tarkiblarni elektr taʼminotdan uzildi va shundan soʻnggina barcha yoʻlovchilar poyezddan «Novza» bekatigacha evakuatsiya qilindi.
Eslatib oʻtamiz, bu hodisa kecha, 17:50 atrofida sodir boʻldi. Chilonzor yoʻnalishidagi poyezdlar cheklangan rejimida harakatlangan, yaʼni alohida tunnel uchastkalarida bitta yoʻnalish boʻylab. Shu kunning oʻzida barcha nosozliklar bartaraf etildi va bugundan barcha poyezdlar belgilangan harakat jadvaliga muvofiq harakatlana boshladi.
Mashinist tokopriyomnikda uchqun chiqayotganini koʻrib, poyezdni favqulodda toʻxtatgan
“Toshkent metropoliteni” UK kuni kecha poyezd toʻxtashi sabablarining tekshiruvi natijalarini eʼlon qildi.
Yangi O‘zbekistonning Yangi Qoraqalpog‘istoni islohatlar maydaniga aylangan
- Aichi-Nagoya-2026: O‘tkirbek Jo‘rayev Osiyo o‘yinlarida oltin medalga sazovor bo‘ldi
- Elektronika bo‘yicha yetakchi mamlakatlar reytingi e’lon qilindi
- Andijonda iqtisodiy oʻsish va aholi farovonligini taʼminlashning ustuvor vazifalari belgilandi
- Bolalarga profilaktik emlashlar qachon va qaysi kasalliklarga qarshi o‘tkaziladi?
- Toʻrtkoʻl tumanidagi xonadonlardan “geroin” va “opiy” giyohvandlik vositalari topildi
Oqqo‘rg‘on dalalarida yangi usul — yuqori hosil samarasi
- Xitoydan 121 bosh naslli qoramol olib kelindi
- «Xumo» fermer xo‘jaligi rahbari: «Ilmga yondashsak, kam bo‘lmaymiz»
- Suyultirilgan gaz taʼminoti: tizimga xususiy sektor kirib kelmoqda
- Pedagoglar malaka toifasini olish uchun necha ball toʻplashi kerak?
- Qidiruvdagi shaxs ayollarni terrorchilik tashkilotlariga jalb qilgani aytilmoqda