Oliy malaka toifali yoki bosh oʻqituvchi lavozimidagi pedagog:

— 80 ball va undan yuqori — attestatsiyadan oʻtgan, oliy malaka toifasi (bosh oʻqituvchi lavozimi) saqlanadi;

— 80 balldan kam — attestatsiyadan oʻtmagan, birinchi malaka toifasiga (yetakchi oʻqituvchi lavozimiga) tushiriladi. Navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etilgan pedagoglar bundan mustasno.

Birinchi malaka toifali yoki yetakchi oʻqituvchi lavozimidagi pedagog:

— 80 ball va undan yuqori — oliy malaka toifasi (bosh oʻqituvchi lavozimi) beriladi;

— 70–79 ball — birinchi malaka toifasi (yetakchi oʻqituvchi lavozimi) saqlanadi;

— 70 balldan kam — ikkinchi malaka toifasiga (katta oʻqituvchi lavozimiga) tushiriladi. Navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etilgan pedagoglar bundan mustasno.

Ikkinchi malaka toifali yoki katta oʻqituvchi lavozimidagi pedagog:

— 70 ball va undan yuqori — birinchi malaka toifasi (yetakchi oʻqituvchi lavozimi) beriladi;

— 60–69 ball — ikkinchi malaka toifasi (katta oʻqituvchi lavozimi) saqlanadi;

— 60 balldan kam — mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimiga tushiriladi. Navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etilgan pedagoglar bundan mustasno.

Mutaxassis yoki oliy maʼlumotli oʻqituvchi lavozimidagi pedagog:

— 60 ball va undan yuqori — ikkinchi malaka toifasi (katta oʻqituvchi lavozimi) beriladi;

— 55–59 ball — mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimi saqlanadi;

— 55 balldan kam — attestatsiyadan oʻtmagan, mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimiga muvofiq emas deb hisoblanadi. Navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etilgan pedagoglar bundan mustasno.

Eslatma. Navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etilgan pedagoglar attestatsiyadan oʻta olmagan taqdirda, ularning malaka toifasi (lavozimi) tushirilmaydi va lavozimiga muvofiq emas deb hisoblanmaydi.