Bu Prezidentning 2026-yil 19-oktyabrdagi «Taʼlim va ilm-fan vazirligi faoliyatini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi PQ–380-son qarorida belgilangan.

Qarorga muvofiq, Taʼlim va ilm-fan vazirligi taʼlim, ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasidagi vakolatli respublika ijro etuvçi hokimiyat organi hisoblanadi.

Vazirlikda autsorsing asosida aholi murojaatlari, şikoyatlari, takliflari va eʼtirozlarini qabul qiliş, ularni tezkor körib çiqiş hamda tegişli taşkilotlarga yönaltiriş uçun «Call-markaz» taşkil etiladi.

Şuningdek, aholi va taʼlim-ilm-fan tizimi xodimlari bilan tizimli muloqotni taʼminlaş, taʼlim xizmatlarining sifati va ommabopligi, mavjud muammolar yuzasidan tezkor axborot oliş hamda uni tahlil qiliş maqsadida qayta aloqa tizimi joriy etiladi.

Taʼlim va ilm-fan vaziri huzurida taʼlim oluvçilar, talabalar, ota-onalar, pedagoglar va iş beruvçilar vakillaridan iborat Taʼlim böyiça jamoatçilik kengaşi taşkil qilinadi.

Vazirlik hayʼati vazir, uning örinbosarlari, vazirlik huzuridagi agentliklar direktorlari, şuningdek, yetakçi oliy taʼlim taşkilotlari rektorlari, olimlar va pedagoglar orasidan şakllantiriladi. Hayʼat tarkibi jami 15 nafar aʼzodan iborat böladi.

Qaror bilan vazirga istisno tariqasida 2027-yil 1-fevralga qadar vazirlik markaziy apparatiga xodimlarni töğridan-töğri suhbat asosida işga qabul qiliş vakolati beriladi.

Hujjatda inson kapitalini rivojlantiriş va taʼlim sohasidagi strategik tadqiqotlarga oid yangi tuzilmalarni taşkil etiş ham nazarda tutilgan. Jumladan:

  • Prezident Administratsiyasi huzurida Inson kapitalini rivojlantiriş va uzluksiz taʼlim strategiyasini işlab çiqiş böyiça maxsus işçi guruh taşkil etiladi;
  • vazirlik huzurida Inson kapitalini rivojlantiriş jamğarmasi tuziladi;
  • Taʼlim va ilm-fan böyiça strategik tadqiqotlar va baholaş markazi taşkil etiladi;
  • vazirlik huzurida Bilim va malakalarni baholaş agentligi taşkil qilinadi.

Şu bilan birga, Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Taʼlimni rivojlantiriş markazi faoliyati tugatiladi.