Mazkur reyting mamlakatimizda bank-moliya tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligi, sohaга davlat tomonidan qaratilayotgan eʼtibor, bankda olib borilayotgan transformatsiya jarayonlari, strategik loyihalarni moliyalashtirishdagi faol ishtiroki hamda xalqaro kapital bozorlaridagi muvaffaqiyatli operatsiyalari yuksak baholanayotganining yana bir amaliy tasdigʻi boʻldi.

Shuningdek, agentlik tahlilchilari bankning mamlakat bank tizimidagi barqaror oʻrni, qarz qimmatli qogʻozlari bozoridagi faoliyati hamda ESG yoʻnalishida amalga oshirayotgan tashabbuslarini alohida eʼtirof etdi.

2025 yil yakunlari boʻyicha moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga koʻra, bank quyidagi natijalarga erishdi:

  • sof foyda 128,4 mln AQSh dollarini tashkil etib, 38 foizga oʻsdi;
  • jami aktivlar 8,1 mlrd AQSh dollariga yetib, 15 foizga koʻpaydi;
  • kapital rentabelligi (ROE) 15,7 foizni tashkil etib, 3,2 foiz bandiga oshdi;
  • yashil kredit portfeli 654,3 mln AQSh dollariga yetib, 17 foizga oʻsdi.

Bundan tashqari, bank aksiyalarining 40 foizi “Franklin Templeton” xalqaro investitsiya kompaniyasining ishonchli boshqaruvidagi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamgʻarmasiga oʻtkazilgani hamda joriy yil may oyida Jamgʻarma aksiyalarining London fond birjasidagi birlamchi ommaviy joylashtirilishi (IPO) muvaffaqiyatli amalga oshirilgani “Moody’s” ekspertlari tomonidan ijobiy baholandi.

Bank reytingining oshirilishi xalqaro investorlar ishonchi yanada mustahkamlanganidan dalolat beradi. Bu esa xalqaro kapital bozorlarida bank mavqeini kuchaytirish, tashqi moliyaviy resurslarni yanada qulay shartlarda jalb etish hamda mahalliy tadbirkorlik subyektlarini moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB

Tashqi aloqalarni muvofiqlashtirish xizmati

Reklama