Qarorga ko‘ra, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish paytida huquq egasi o‘z vaqtida ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga murojaat etmaganligi aniqlanganda:
ma’muriy javobgarlik chorasi qo‘llamasdan kechiktirish muddatidan kelib chiqib ro‘yxatdan o‘tkazish uchun oshirilgan stavkalarda to‘lov undirish tizimi joriy etiladi.
Soliq to‘lovchiga xususiy mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan turar joy meros tartibida yoki yaqin qarindoshidan hadya sifatida olingan bo‘lsa:
ushbu turar joyni sotishdan olingan daromadga soliq solinmasligi uchun belgilangan muddatni vasiyat qiluvchi yoki hadya qiluvchining mazkur turar joyga bo‘lgan mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan boshlab hisoblanadi.
Shuningdek, taqiq yoki xatlov qo‘yilgan turar joyga garovga oluvchining roziligisiz yashash va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat berilishi belgilandi.
Bunda ro‘yxatdan o‘tkazilayotgan shaxs mulkdorning (garovga oluvchining, taqiqni qo‘yishga yoki yechishga mas’ul organning) ichki ishlar organlariga qilgan murojaati asosida uning ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bekor qilinishiga avvaldan rozilik berishi zarur.