Bu haqida Prezident Xalq qabulxonalari ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, ko‘rilgan choralar natijasida 151 nafar shaxs lavozimidan ozod etildi, 833 nafar xodimga hayfsan jazosi qo‘llanildi.
Shuningdek, 150 nafar xodim ma’muriy javobgarlikka tortildi, 1335 nafari esa rasmiy ogohlantirildi.
Murojaatlar bilan ishlashda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan chora ko‘rish bilan bir qatorda, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ham ishlar olib borilmoqda.
Xususan, murojaatlar eng ko‘p kelib tushayotgan 10 ga yaqin tashkilotda amaliy o‘quv-seminarlari tashkil etildi.
Prezident Xalq qabulxonasi aholi murojaatlari bilan ishlashda ijro intizomini doimiy nazorat qilishda davom etadi.