Kompaniyaning muhandis-ixtirochilaridan biri bo'lgan Chjixuey Szyun velosipedda avariyaga uchrab, jarohat olganidan so'ng unda ana shunday velosiped yaratish g'oyasi tug'ilgan. Haydovchisiz boshqariladigan velosipedni yasash uchun jamoaga uni butun boshli hisoblagichlar jamlanmasidan iborat avtomatik boshqaruv tizimi, kamera va samarali apparat platformasi bilan jihozlashga to'g'ri keldi. Bundan tashqari, muhandislar yo'ldagi vaziyatlarni aniqlaydigan va transport vositasini boshqaradigan algoritmlar jamlanmasidan foydalangan. Kamera va hisoblagichlar to'siqlarni aniqlaydi, sun'iy intellekt texnologiyasi esa inson aralashuvisiz vaziyatga baho berish imkonini beradi.
Velosipedga litiyli 6S batareya modeli o'rnatilgan bo'lib, taxminan 2-3 soatga yetadi, asosiy hisoblash blokida Huawei Ascend 310 protsessoridan foydalanilgan bo'lib, u o'rindiq ostida joylashgan. Velosiped muvozanatni ta'minlovchi tizim bilan ham jihozlangan bo'lib, u yo'llardagi kichik og'ishlarga oid ma'lumotlarni ham qayta ishlaydi, orqa g'ildirak esa to'g'ridan-to'g'ri motor orqali aylantiriladi.
Velosiped hozirda sinov jarayonlaridan o'tgan, deb yozadi ixbt.com.
Mustaqil boshqariladigan velosiped ishlab chiqildi
Huawei kompaniyasi mustaqil boshqariladigan yangi transport vositasi — velosiped yaratish ustida ish olib boryapti.
Oʻzbekistonda mobil palliativ xizmatiga ega ilk bolalar xospisi tashkil etilmoqda
- Termizda 16 yoshli haydovchi YoTҲ oqibatida reanimatsiyaga tushib qoldi, uning sinfdoshi esa halok bo‘ldi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston yetakchilari telefon orqali muloqot qildilar
- Oʻzbekistonda 3,4 million tonna paxta terib olindi
- JSST semizlikni davolash bo‘yicha ilk global tavsiyalarini e’lon qildi
- Buxoroda 794 mln so’mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi
Shahnoza Mirziyoyeva Namanganda besh yoshli qizaloq bilan bog‘liq fojia yuzasidan munosabat bildirdi
- Paxtani birjada sotgan fermerga ham, uni sotib olgan klasterga ham har tonna uchun 500 ming soʻmdan subsidiya beriladi
- Namanganda 5 yoshli qiz bilan bog‘liq jinoyat ishi Bosh prokuror nazoratiga olindi
- 2027-yilda qaysi mahallalardagi hujjatsiz uy-joylar xatlovdan oʻtkaziladi?
- Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun javobgarlik keskin kuchaytiriladi
- O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida