Buxoro davlat universiteti Axborot xizmati maʼlum qilişiça, «Yangi Özbekiston Konstitutsiyasi: zamonaviy konstitutsiyaşunoslik, inson huquqlari va milliy davlatçilik taraqqiyoti» mavzusidagi «Otaboy Eşonov öqişlari» Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 34 yilligi munosabati bilan ham taşkil etildi.
Anjuman Taʼlim va ilm-fan vazirligi, Buxoro davlat universiteti Yuridik fakulteti, Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazi hamda Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti hamkorligida ötkazildi.
Konferensiyaning oçiliş marosimida Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori, yuridik fanlar doktori, professor, akademik Akmal Saidov sözga çiqib, Buxoroning boy tarixi, ilmiy-maʼrifiy anʼanalari va uşbu zamindan yetişib çiqqan olimlarning mamlakat tarixida tutgan örni haqida fikr bildirdi.
Şuningdek, akademik Akmal Saidov «Otaboy Eşonov öqişlari» konferensiyasini kelgusida har yili anʼanaviy tarzda ötkaziş taşabbusini ilgari surdi. Bu taklif taniqli huquqşunos olimning ilmiy merosini tizimli örganiş, soha mutaxassislari va yoş tadqiqotçilar örtasida ilmiy muloqotni rivojlantiriş hamda ustoz-şogird anʼanalarini davom ettirişga xizmat qilişi taʼkidlandi.
Tadbirda professor Otaboy Eşonovning hayoti, ilmiy-pedagogik faoliyati, milliy huquqşunoslik maktabining şakllanişi va rivojlanişiga qöşgan hissasiga alohida eʼtibor qaratildi.
Maʼlumotlarga köra, olim qariyb 40 yillik ilmiy faoliyati davomida huquq, tarix va iqtisodiyot fanlari böyiça 148 ta nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini tayyorlaş hamda himoya qiliş jarayonlarida bevosita iştirok etgan. Jumladan, davlat va huquq nazariyasi hamda tarixi ixtisosligi böyiça 45 nafar fan nomzodiga ilmiy rahbarlik qilgan.
Uning ilmiy rahbarligi va bevosita kömagida özbek, rus, turkman, qozoq, tojik, qirğiz, qoraqalpoq, arman va ozarbayjon tadqiqotçilari ilmiy izlanişlar olib borgan. Bu olimning nafaqat milliy huquqşunoslik fani, balki qardoş respublikalarda ilmiy kadrlar tayyorlaş va ilmiy maktablar örtasidagi hamkorlikni rivojlantirişga ham qöşgan hissasini körsatadi.
Anjuman dasturidan Otaboy Eşonovning hayoti va ilmiy faoliyatiga bağişlangan videolavha, şogirdlari va hamkasblarining xotiralari, şuningdek, yetakçi huquqşunos olimlarning ilmiy maʼruzalari örin oldi.
Yalpi majlisda Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti direktori, yuridik fanlar doktori, professor M. T. Turğunov, Oliy Majlis Qonunçilik palatasining Korrupsiyaga qarşi kuraşiş va sud-huquq masalalari qömitasi raisi, yuridik fanlar doktori J. J. Şirinov hamda Demokratik jarayonlarni tahlil qiliş markazi Toşkent şahri bölimi boşliği, yuridik fanlar böyiça falsafa doktori Ş. G. Bafayev maʼruzalar bilan iştirok etdi.
Konferensiyada Yangi Özbekiston Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati, zamonaviy konstitutsiyaşunoslikning rivojlaniş tendensiyalari, inson huquq va erkinliklarining konstitutsiyaviy kafolatlari, demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini rivojlantiriş, qonun ustuvorligini taʼminlaş hamda sud-huquq tizimini takomillaştiriş masalalari muhokama qilindi.
Özbek, rus va ingliz tillarida, oflayn va onlayn şakllarda taşkil etilgan anjuman yalpi majlis, ilmiy maʼruzalar, savol-javoblar, munozaralar va şöʼbalar yiğilişlarini qamrab oldi. U davlat taşkilotlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari va oliy taʼlim taşkilotlari vakillari örtasidagi hamkorlikni rivojlantiriş, nazariy tadqiqotlarni amaliyot bilan uyğunlaştiriş hamda yoş tadqiqotçilar uçun tajriba almaşiş imkoniyatlarini kengaytirişga qaratildi.
Buxoroda ötkazilgan mazkur respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi milliy huquqşunoslik maktabining boy ilmiy merosini asrab-avaylaş, tarixiy tajriba va zamonaviy huquqiy tafakkur örtasidagi uzviylikni taʼminlaş hamda konstitutsiyaviy qadriyatlarni keng tarğib etiş yölidagi muhim ilmiy taşabbus böldi.
Hamkorlik materiali