Uşbu mablağlar xususiy sektorni rivojlantiriş, xotin-qizlar va fermerlar uçun yangi imkoniyatlar yaratiş, energetika hamda raqamli iqtisodiyotni modernizatsiya qilişga yönaltiriladi.
Jahon banki Ijroçi direktorlar kengaşi tomonidan maʼqullangan dastur doirasida 2029–2031-yillarda 275 mingta qöşimça va sifatliroq iş örni yaratilişi kutilmoqda.
Islohotlarning muhim yönalişlaridan biri xotin-qizlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirişdan iborat. Buning uçun ijtimoiy suğurta qamrovi, jumladan, homiladorlik va tuğiş hamda vaqtinça mehnatga layoqatsizlik nafaqalarini oliş imkoniyatlari kengaytiriladi. Şuningdek, xavfsiz va munosib mehnat şaroitlarini taʼminlaş mexanizmlari takomillaştiriladi.
Xususiy sektorning raqobatbardoşligini oşiriş maqsadida davlat korxonalarini isloh qiliş va bozorda adolatli raqobat muhitini şakllantiriş işlari davom ettiriladi. Bu xususiy tadbirkorlikni rivojlantiriş, investitsiyalarni jalb qiliş, innovatsiyalarni joriy etiş va yangi iş örinlarini yaratiş imkoniyatlarini kengaytiradi.
Dastur doirasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirişga ham alohida eʼtibor qaratilgan. 2028-yilga qadar yana 500 ming nafar foydalanuvçi, jumladan, 250 ming nafar xotin-qiz keng polosali internetdan foydalaniş imkoniyatiga ega bölişi rejalaştirilgan. Şu bilan birga, şaxsiy maʼlumotlarni xavfsiz transçegaraviy uzatiş qoidalari takomillaştirilib, korxonalarning xalqaro raqamli platformalar va bulutli xizmatlardan foydalaniş imkoniyatlari kengaytiriladi.
Energetika sohasida elektr energiyasi va tabiiy gaz bozorlarini tartibga soluvçi qoidalar hamda institutlar takomillaştiriladi. Elektr energiyasini işlab çiqariş va taqsimlaş sohalariga xususiy investitsiyalarni jalb qiliş uçun şaroit yaratiladi. 2028-yilgaça elektr energiyasi isteʼmolçilarining 15 foiziga xususiy operatorlar boşqaradigan taqsimlaş tarmoqlari orqali xizmat körsatiş rejalaştirilgan.
Qişloq xöjaligida fermer va çorvadorlarni qurgʼoqçilik, suv toşqinlari hamda keskin ob-havo hodisalari kabi xatarlardan himoya qiliş maqsadida suğurta tizimi kengaytiriladi. 2028-yilga borib fermer va çorvadorlarning 35 foizini qişloq xöjaligi suğurtasi bilan qamrab oliş közda tutilgan.
Şuningdek, ekologik toza va energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etiş ham dasturning ustuvor yönalişlaridan biri hisoblanadi. Binolarning energiya samaradorligi standartlari takomillaştiriladi, korxonalarni atrof-muhit ifloslanişi va energiya sarfini kamaytiruvçi texnologiyalarga investitsiya kiritişga rağbatlantiriş çoralari köriladi. 2028-yilgaça energiya samaradorligini oşiriş uçun 10 million dollarlik xususiy investitsiya jalb etiş hamda taqsimlangan qayta tiklanuvçi energiya manbalari quvvatini 3 000 MVtga yetkaziş rejalaştirilgan.
Taşqi savdo sohasida esa savdo jarayonlarini raqamlaştiriş, «Yagona darça» tizimini takomillaştiriş va çegaradagi bojxona tartib-taomillarini soddalaştiriş nazarda tutilgan. Bu korxonalarning xalqaro savdo operatsiyalarini kamroq vaqt va xarajat bilan amalga oşirişiga, şuningdek, Özbekistonning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalaşuvi va Jahon savdo taşkilotiga aʼzo böliş jarayoniga xizmat qilişi kutilmoqda.
Umuman, Jahon banki maʼqullagan 800 million dollarlik moliyalaştiriş paketi iqtisodiyotda xususiy sektor uluşini oşiriş, yangi iş örinlari yaratiş, ijtimoiy himoyani kuçaytiriş va ekologik barqaror ösişni taʼminlaşga qaratilgan.