Maʼlum qilinişiça, alifbodagi ayrim harflar yozilişiga özgartiriş kiritilgani amaldagi pullarni almaştiriş zaruratini keltirib çiqarmaydi.
Hozir muomalada bölgan barça banknotlar avvalgidek tölov vositasi sifatida işlatilaveradi. Ular orqali xaridlarni amalga oşiriş va tölovlarni bajariş mumkin.
Kelgusida yangilangan alifbo asosida yangi banknotlar çiqarilgan taqdirda ham, ular amaldagi pullar bilan bir qatorda muomalada böladi.
Markaziy bank taʼkidlaşiça, yangi banknotlar çiqarilişi rejalaştirilsa, bu haqda kamida bir hafta oldin rasmiy axborot beriladi.
Şunday ekan, alifbodagi özgarişlar sababli fuqarolarning qölidagi pullarni almaştirişiga heç qanday zarurat yöq.