Şuningdek, qisqa muddatli reyting “B” darajasida tasdiqlandi, transfert va konvertatsiya xavfi bahosi esa “BB+”dan “BBB-”ga oşirildi. Qaror moliyaviy va taşqi körsatkiçlarning mustahkamlanişi bilan izohlangan.

Eslatib ötamiz, agentlik reytingni 2025-yil 21-noyabrda “BB-”dan “BB”ga kötargan edi. Bu 2018-yilda reyting berilganidan buyon birinçi oşiriş bölgan.

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva öz Telegram-kanalida bu natijani mamlakat tarixidagi eng yuqori körsatkiç deb baholadi:

“S&P Global Ratings” xalqaro agentligi Özbekistonning suveren kredit reytingini “barqaror” prognoz bilan “BB+” darajasiga kötardi. Bu mamlakatimiz tarixida hozirgaça erişilgan eng yuqori körsatkiç, endi “investitsiyaviy” (BBB-) poğonaga bir qadam qoldi.

Bu yutuq tizimli iqtisodiy islohotlar, muvozanatli moliya siyosati hamda Prezidentimizning uzoqni közlagan strategik yondaşuvi samarasidir. Ijobiy natijalarimizni taqdim etiş borasida işçi guruhimizning tezkor va oçiq tahliliy muloqotlari “S&P” tomonidan alohida eʼtirof etildi.

Yurtimizga bölgan işonçni mustahkamlaş, investitsiyaviy jozibadorlikni oşiriş yölidagi qatʼiy harakatimizni davom ettiramiz, deb yozadi u