Mazkur hujjat “Banklarni sanatsiya qiliş va tugatiş töğrisida”gi Qonun ijrosini taʼminlaş maqsadida qabul qilindi.

Uşbu hujjat omonatçilarning huquq va manfaatlarini himoya qiliş, bank xizmatlarining uzluksizligini taʼminlaş hamda banklar faoliyatidagi moliyaviy muammolarni tartibli hal etişga qaratilgan.

Banklarni sanatsiya qiliş nima?

Bu moliyaviy muammoga duç kelgan bankning muhim xizmatlarini saqlab qoliş va moliyaviy barqarorlikni taʼminlaş uçun amalga oşiriladigan maxsus çora-tadbirlardir.

Hujjatga köra, banklarni sanatsiya qilişda quyidagi 3 ta asosiy vosita qöllaniladi:

Aktivlar va majburiyatlarni ötkaziş (sotiş) — bankning aktivlari va majburiyatlari, jumladan kreditlari va omonatlarini boşqa bankka ötkaziş;

Oraliq bankni taşkil etiş — bankning muhim xizmatlarini davom ettiriş uçun 2 yilgaça faoliyat yurituvçi vaqtinçalik bank taşkil qiliş;

Hisobdan çiqariş va (yoki) konvertatsiya qiliş — bank zararlarini qoplaş uçun uning kapitali va ayrim majburiyatlarini kamaytiriş yoki aksiyalarga aylantiriş.

Omonatçilar uçun qanday kafolatlar nazarda tutilgan?

Kafolatlangan omonatlar, şu jumladan ularning kafolatlaş çegarasidan oşadigan qismi hisobdan çiqarilmaydi yoki aksiyalarga aylantirilmaydi.

Omonatlar boşqa bankka ötkazilganda, omonatçilar bilan yangi bank hisobvaraği şartnomasini tuziş talab etilmaydi.

Bankning aktivlari va majburiyatlari boşqa bankka yoki oraliq bankka ötkazilganda, bank xizmatlarining uzluksizligini taʼminlaş çoralari köriladi.

Bankning zararlari birinçi navbatda aksiyadorlar hisobidan qoplanadi

Şuningdek, sanatsiya jarayonida bankni boşqariş uçun maxsus boşqaruvçi tayinlanişi mumkin. Uning faoliyati Markaziy bank tomonidan nazorat qilinadi.

Bankni sanatsiya qiliş töğrisidagi qaror Markaziy bank va sanatsiya qilinayotgan bankning rasmiy veb-saytlari hamda ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida eʼlon qilinadi.