Bu haqda Innovatsion rivojlaniş agentligi mutasaddilari iştirokida ötkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.

Yangiliklar Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktyabrdagi 604-son qarorida belgilangan.

Qarorga muvofiq, ilmiy va innovatsion faoliyat bilan şuğullanuvçi taşkilotlarning yagona elektron reyestri taşkil etiladi. Buning uçun 2027-yil 1-yanvarga qadar reyestr.ilmiy.uz platformasi işlab çiqiladi.

2027-yil 1-fevralga qadar taşkilotlarni reyestrga kiritiş böyiça davlat xizmati yölga qöyiladi. 1-aprelga qadar esa ilmiy va innovatsion faoliyatga oid axborotlarning yagona elektron bazasi joriy etiladi.

Yangi tizim orqali har bir olim va tadqiqotçiga bir marta beriladigan, butun ilmiy faoliyati davomida özgarmaydigan şaxsiy identifikatsiya raqami taqdim etiladi.

Bu raqam orqali olimlarning ilmiy natijalari, grantlar va loyihalardagi iştirokiga oid maʼlumotlar yagona elektron muhitda jamlanadi.

Şuningdek, ilmiy darajaga ega xodimlarga qöşimça haq belgilaşda ilmiy maqolalar, monografiyalar, patentlar va boşqa ilmiy natijalar elektron tarzda tasdiqlanadi.

Science ID orqali yuqori ilmiy faollik körsatgan mualliflarga lavozim maoşiga nisbatan 10 foizgaça qöşimça haq tölaş nazarda tutilgan. Biroq bu tölov avtomatik tarzda belgilanmaydi. Xodimning ilmiy hissasi va belgilangan mezonlarga muvofiqligi taşkilot komissiyasi tomonidan baholanadi.

Qaror bilan yoş olimlarni xorijiy ilmiy stajirovkalarga yuboriş tartibi ham takomillaştirildi.

Endi nomzodlar QS, THE yoki ARWU xalqaro reytinglaridagi TOP-500 oliy taʼlim muassasalariga, şuningdek, AD Scientific Index reytingidagi TOP-1000 talikka kirgan ilmiy taşkilot va markazlarga yuboriladi.

Tanlovda 20 yoşdan oşgan va 40 yoşga tölmagan şaxslar iştirok etişi mumkin. Bunda bir nomzod bir vaqtning özida faqat bitta tanlovda qatnaşadi.

Bundan taşqari, «Akademik harakatçanlik» dasturi va «Bölajak olim» tanlovini taşkil etiş, moliyalaştiriş hamda monitoring qiliş jarayonlari raqamlaştiriladi.

Mazkur özgarişlar ilmiy faoliyat natijalarini hisobga olişda şaffoflik va yagona yondaşuvni taʼminlaş, olimlar hamda yoş tadqiqotçilarni qöllab-quvvatlaş mexanizmlarini takomillaştirişga qaratilgan.