Ishlarning avvalgi bosqichida ko‘chaning bir tomonidagi qatnov qismi ta’mirlanib, yo‘l qoplamasi yangilandi, shuningdek, ko'cha bo'ylab infratuzilmani yaxshilash jarayonlari davom etmoqda. Endilikda ko‘chaning ikkinchi tomonini ham sifatli ta’mirlash maqsadida ishlarning navbatdagi bosqichi boshlanadi.
Shu munosabat bilan:
— 2026-yil 16-iyul soat 01:00 dan 31-iyul soat 22:00 ga qadar Mustaqillik shoh ko‘chasining Parkent ko'chasi kesishmasidan Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi chorrahasigacha bo‘lgan yo‘nalishidagi qatnov qismi transport vositalari harakati uchun vaqtincha yopiladi.
— 2026-yil 16-iyul 02:00 dan yo'lning qurilish-ta'mirlash ishlari yakunlangan Mirzo Ulug'bek ko'chasi kesishmasidan Oqqo'rg'on ko'chasigacha bo'lgan yo'nalishi barcha transport vositalari harakati uchun ochiladi;
Vaqtinchalik cheklovlar Mustaqillik shoh ko‘chasini to‘liq va sifatli rekonstruksiya qilish, harakat xavfsizligini oshirish hamda haydovchilar, yo‘lovchilar va piyodalar uchun zamonaviy va qulay yo‘l infratuzilmasini yaratish maqsadida joriy etilmoqda.