Ushbu reglament Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "Uzbekiston akkreditatsiya markazi" davlat muassasasining (Markaz) muvofiqlikni baholash organlari faoliyatini akkreditatsiyadan o‘tkazish va davriy baholash tartibini belgilaydi.
Reglamentga ko‘ra, akkreditatsiya obyekti Markazga quyidagilardan biri orqali ariza beradi:
Davlat xizmatlari markazlari;
YAIDXP (my.gov.uz);
“e-akkreditatsiya” axborot tizimi.
Akkreditatsiya obyekti buyurtmaga quyidagi hujjatlar va ma’lumotlarni ilova qiladi:
akkreditatsiya sohasi loyihasi;
akkreditatsiya obyektlarining vakolati va baholash talablarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar, standartlar va akkreditatsiya tartib-taomillarini belgilovchi hujjatlarga rioya qilingani yuzasidan chek-list;
sifat bo‘yicha qo‘llanma va menejmenti tizimi tartib-tamoyil hujjatlari va boshqalar.
Akkreditatsiya komissiyasi tomonidan ijobiy qaror qabul qilinsa, Markaz va akkreditatsiya obyekti o‘rtasida akkreditatsiyadan keyingi shartnoma tuziladi.
Shartnoma imzolangandan so‘ng, akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnoma QR-kod qo‘yilgan holda 5 yil muddatga beriladi hamda akkreditatsiyadan o‘tkazilgan subyektning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.