Davlat va jamiyat boshqaruvi sohasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, Yangi O‘zbekistonda parlament faoliyatini rivojlantirish, demokratik islohotlarni izchil amalga oshirish borasidagi alohida xizmatlari, jonkuyar tashkilotchi va tashabbuskor rahbar sifatidagi boy bilim va tajribasi, vatanparvarlik fazilatlari bilan milliy davlatchiligimizning huquqiy asoslarini mustahkamlash, yurtimizda inson qadrini ulug‘lash, ayollarning o‘rni va nufuzini yuksaltirishga qaratilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlashga katta hissa qo‘shib, xalqimiz o‘rtasida munosib obro‘-e’tibor qozonib kelayotgani, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi ibratli faoliyati, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faol ishtiroki, shuningdek, tavalludining 70 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Narbayeva Tanzila Kamalovna “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlansin.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 

Sh.Mirziyoyev