Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi yöllanmasi bilan Navoiy viloyatiga ijodiy safarga otlanar ekanman, könglimdan şu kabi tuyğular ötdi. Boşqa aziz dargohlar qatori Navoiy viloyatini ham ziyorat qiliş çet elda yaşayotgan özbeklarning katta orzularidan biri bölsa, ajab emas. Çunki ikki daryo oraliğidagi xazinalar orolidek bölgan Özbekistonni sevgan har bir insonning mehri, albatta, hazrat Navoiy siymosi bilan çambarças boğliq. Hirot bir qadam uzoqda bölsa-da, Navoiy ziyoratini uning nomi bilan atalgan ulkan viloyatdan boşlaşning özi naqadar ramziy maʼnoga ega.
Kim topsa Navoiy bahridan gavhar,
Hayotni nur etar, xayolni dilbar.
Qölimda Alişer Navoiyning beş yuz sahifalik salmoqli «Sabʼai sayyor» dostoni. Bu kitobni uçinçi marta qayta hijjalab öqir ekanman, asar menga sayohatnoma kabi qadrli tuyuladi. U tasavvurimni yuksak osmonlarga olib çiqadi.
Dostonning yaşil rangli hikoyasida yaşil şahar — Şahrisabz bilan boğliq voqealar tasvirlanadi. Bir şahzodaning qadimgi Keşga kelib boşidan keçirgan sarguzaştlari bayon etiladi. Nazarimda, şu qismning öziyoq har bir özbekistonlik qalbida çeksiz faxr tuyğusini uyğotişi mumkin. Bu asarni har bir maktabda, heç bölmaganda, aynan şu bobini çuqur örganiş lozim. Navoiyni öziga maftun etgan tarixiy dargohlarga daxldorlik insonga qançalik ruhiy quvvat bağişlaşi, tarixga oşuftalik uyğotişini tasavvur qiliş qiyin emas.
Uşbu doston kelajakda teatr sahnasi uçun yaratişim mumkin bölgan fantastik asarlarimga inssenirovka manbai bölib qolsa, ajabmas. «Sabʼai sayyor»ni mavzu-mundarijasi va hikoya içida hikoya usuli jihatidan turkiy dunyoning «Ming bir keça»siga tenglaştirgan bölardim. Balki şu asar taʼsirida ham Navoiy viloyatiga katta hayajon bilan otlangandirman.
Keyingi ön yilda davlatimiz rahbari tomonidan turizm sohasiga alohida eʼtibor qaratilayotgani natijasida içki va taşqi sayyohlar soni sezilarli darajada oşgani heç kimga sir emas. Men ham xorijiy sayohatlar bilan bir qatorda jonajon Vatanimizning qoq yuragidagi Navoiy viloyatining qadimiy qadamjolari sari qulay örindiqli zamonaviy poyezdda göyo uçib borar ekanman, inson qadri uçun ilgari surilgan ezgu ğoyalarning amalda öz ifodasini topayotganidan közim quvnab, könglim töldi. Atrofdagi gözal manzaralar, biznes maskanlari, innovatsion fermer xöjaliklari, poyezddagi servis xizmatlari va odamlarning xuşnud çehralari ham insonning yaşaşga bölgan iştiyoqini oşiradi.
Poyezd çöl bağrini kesib ötib, Navoiy viloyatiga kirib boradi. Vokzaldan tuşgan zahoti insonning köksiga kengliklar havosi uriladi. Köçalar keng, hovlilar keng, binolar keng, köngillar keng. Navoiy viloyatining birinçi öziga xosligi ham şunda — kengliklarida.
Bir paytlar Azim Suyundan eşitgan, uning yozganlarida öqigan Nurota sayohatlari endi sarobdek uzoq manzil emas, köngilga yaqin va yetiş mumkin bölgan maskan sifatida tasavvurimni jöşqinlantiradi. Öqiganlarimiz va eşitganlarimiz asosida şakllangan tasavvurlar bilan haqiqiy manzaralarni soliştiriş, ularning bir-biriga qançalik mos kelişini yoki kutganimizdan ham gözalroq ekanini his qiliş qanday yaxşi!
Jonajon uyuşmamiz raisi Sirojiddin Sayyid suhbatlarimizning birida davlatimiz rahbari, hurmatli Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev ijodkorlarimizdan hol-ahvol sörab: «Qalay, bizning ijodkorlar yaxşimi, jöşib ijod qilyaptimi?» qabilidagi savollarni berganini aytib qoldilar.
Rais sifatida «Albatta!» deb katta işonç bilan javob berganlari, jöşib ijod qilişga vaʼda qilganlari köz oldimga keladi. Bu işonçga munosib böliş kerak, deb özimga-özim takrorlayman. Har bir ijodkor Vatanning maʼnaviy posboni sifatida yangilikka yöğrilgan asarlar yaratiş masʼuliyatini yelkasidagi katta burç deb his etsa, ajab emas. Prezidentimiz taʼkidlaganidek, havas qilsa arzigulik adabiyotimiz ham böladi.
Safarimizning birinçi kuni Şayx Qosim Azizon maqbarasini ziyorat qilişdan boşlandi. Maqbara yonidagi muzeyda saqlanayotgan osori atiqalar bilan tanişdik. Avliyo zotga tegişli rözğor buyumlarini köriş orqali ön beşinçi asr qaʼriga sayohat qilgandek böldik. Beş yuz yil avvalgi hayotga daxldor buyumlar, tarixiy binolar va ular bilan boğliq rivoyatlar bizga darsliklarda öqimagan, hatto tasavvurimizga ham kelmagan ajdodlarimiz hayotini yaqindan anglaş imkonini berdi.
Ular nafaqat ilm-maʼrifat tarğibotçilari, balki öz davrida hukmdorlar bilan muloqotda bölib, tinçlik va osoyiştalikni taʼminlaşga hissa qöşgan jasoratli insonlar ham bölgan. Ularning hayoti va faoliyati bilan tanişar ekanmiz, özimiz uçun ham yangi maʼnaviy olamni kaşf etdik. Maqbara yonidagi masjidda ötganlarni yod etib, tilovat qildik.
Navoiy viloyatining boşqa manzillarida ham böldik. Viloyat hokimligi binosida joylaşgan möʼjazgina kutubxonada zamonaviy va mumtoz kitoblar jamlanmasi bilan tanişdik. U yerda ustoz jurnalist Şohira Hamro bilan kitob, teatr, sanʼat va turizm haqida videostrim ham uyuştirdik.
Qaysi joyga bormay, bir fikr ortimdan soyadek ergaşib yuraverdi. Bundan ön beş yillar çamasi oldin röyxatda turgan manzilimdan boşqa joyga çiqqanimda yoki Toşkentning ayrim hududlarida hujjat tekşiriş bilan boğliq tergovnamo söroqlarga duç kelganim qalbimda jarohat kabi iz qoldirgan şekilli. Hozir esa Özbekistonning istalgan hududida erkin harakatlana olayotgan bölsam-da, baʼzan közimga işonmayman. Göyo hozirgina qayerdandir tekşiruvçi kelib qoladigandek tuyulaveradi.
Madaniyat rivojlanişi uçun uning barça tarmoqlari kabi sayohat madaniyati ham taraqqiy topişi kerak. Men ham teatr sanʼatining boşqa vakillari kabi sayohatlar orqali, faqat ilmiy nazariyalar va nazariy bilimlar bilangina çeklanib qolmay, amaliy taşriflar vositasida hayotiy qaraşlarimni boyitib borişim muhim. Bu taassurotlar çop etiladigan kitoblarim va sahnalaştiriladigan spektakllarimda milliy ohanglar kabi aks-sado bersa, ajabmas.
Har bir özbekistonlikning öz tuğilib ösgan yurti böylab ortiqça tekşiruvlarsiz, erkin sayohat qilişida mamlakatimizdagi qonunçilik va islohotlarning ahamiyati katta. Bu borada 2023-yildan kuçga kirgan yangi tahrirdagi Konstitutsiya ham fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlaşda muhim örin tutadi.
Jumladan, Konstitutsiyada fuqarolarning tarixiy, maʼnaviy va madaniy merosni asraş majburiyati, davlatning esa bu merosni muhofaza qiliş vazifasi mustahkamlangan. Bu tarixiy şaharlar, maqbaralar, muzeylar va qadimiy yodgorliklarni asrab-avaylaşning konstitutsiyaviy asoslaridan biridir.
Bundan taşqari, yangi tahrirdagi Konstitutsiyada mustahkamlangan ijtimoiy davlat tamoyili aholining turli qatlamlari — yoşlar, keksalar va nogironligi bölgan şaxslar uçun ham turistik sayohat imkoniyatlarini kengaytirişga huquqiy zamin yaratadi. Xulosa qilib aytganda, yangi Qomus turizmga faqat bevosita emas, balki insonning erkin harakatlanişi, dam olişi, madaniy merosdan bahramand bölişi va ijtimoiy himoyasi kabi huquqlar orqali ham taʼsir körsatadi.
Özbekiston tarixiy yodgorliklarga boy mamlakatlardan biri. YUNESKO tomonidan hududimizdagi qator madaniy obyektlarning jahon miqyosidagi ahamiyati eʼtirof etilgani har bir fuqaro bilişi lozim bölgan muhim maʼlumotlardan biridir.
Şu örinda Navoiyga safar bahonasida katta sayohat ilmining bir bölagini qiziqarli maʼlumot sifatida keltirmoqçiman. YUNESKOning Jahon merosi röyxatiga kiritilgan obyektlardan biri — «Zarafşon — Qoraqum yölagi»dir. Bu yölak qadimda Ipak yöli tarmoqlarida muhim örin tutgan, hozirgi uç davlat hududini boğlagan savdo va madaniy aloqalar tizimi bilan ahamiyatlidir. Uning tarkibiga Jartepa yodgorligidan tortib Poykent qadimiy şahar xarobalarigaça bölgan tarixiy obyektlar kiradi.
Uşbu savdo va madaniy aloqalar yölidagi qalʼalar, rabotlar, sardobalar va karvonsaroylar miloddan avvalgi II asrdan XV asrgaça xalqlar örtasida öziga xos tirik köprik vazifasini bajargan.
Zarafşon — Qoraqum yölagidagi muhim tarixiy manzillardan biri yuqorida nomi tilga olingan Şayx Qosim Azizon maqbarasidir. Bu joy XV asrda Buxoro va Karmana örtasidagi muhim manzilgohlardan biri bölgan.
Öz vaqtida «Temir qörğon» nomini olgan Dobusqalʼa ham uşbu yönalişdagi Buxoro va Samarqand örtasida öz mavqeini saqlab kelgan tarixiy manzillardan biridir. Bugungi kunda bu inşootning xarobalari saqlanib qolgan. Zarafşon vohasidagi uşbu qadimiy qadamjoni közdan keçirar ekansiz, tarixiy manzaralar köz oldingizda jonlanadi.
Tarixiy obidalarni ziyorat qilar ekanmiz, har bir yurtdoşimizning qalbida faxr tuyğusi uyğonişi tabiiy. Bu tuyğu mahobatli gumbazlar va nozik meʼmoriy naqşlarga qaraganda bir bor jöş ursa, ziyorat maskanlariga kiriş narxlaridagi imtiyozlarni körganda yanada kuçayadi. Masalan, xorijlik sayyohlar uçun kiriş çiptasi 50 ming söm etib belgilangan bölsa, mahalliy aholi uçun ança arzon narx taklif etiladi. Bunday holatda öz yurtining boy tarixiy merosidan bahramand bölayotgan insonda faxr tuyğusi yanada ortadi. Hatto xorijlik sayyohlar ham: «Eh, qaniydi, şu joylarda tuğilganimda edi», degan xayolga borişi mumkin.
Milliy turizm rivojlanişini istagan jonkuyar fuqaro sifatida «Yetti pir ziyorati» anʼanasi qatorida Höja Ahror Valiy, Imom Buxoriy va Navoiy viloyatini ham alohida ziyorat manzillari sifatida tarğib qilişni taklif etgan bölardim. Hatto Navoiy viloyatini hazrat Alişer Navoiy siymosi bilan boğliq ramziy ziyoratgoh sifatida eʼtirof etiş mumkin.
Navoiy viloyatiga safarni hazrat Navoiy siymosiga yaqinlaşiş yölidagi bir qadam, deyişda jon bor. Çunki Navoiyni anglaş, avvalo, uning dunyoqaraşiga taʼsir körsatgan islom dini, hadis ilmi, aqida, şuningdek, özidan boy ilmiy va maʼnaviy meros qoldirgan allomalarni tanişdan boşlanadi. Viloyatdagi tarixiy manzillar va ular bilan boğliq rivoyatlar esa bizni ana şu maʼnaviy olamga yaqinlaştiradi. Ayrim maqbaralarning asl qiyofasi saqlangani, ularning hali töliq restavratsiya qilinmagani ham özgaça taassurot uyğotadi. Bunday manzillarda bosqinçilarning xalq boşiga solgan vayronagarçiliklari, tarixning aççiq saboqlari haqida ham öyga tolasan kişi.
Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni arafasida qoğozga tuşirayotgan uşbu ijodiy safar taassurotlarim hali katta bir safarnomaning bir parçasi, xolos. Keyingi çiqişlarimizda Navoiy safarnomasidan yana yangi badiiy lavhalar va taassurotlarni öquvçilar bilan baham köramiz.
Mustaqillik xalqqa berilgan eng buyuk baxtdir.
Navoiy qalami bizga yodgor,Har baytidan kunlar jilvali, poydor.Sarbon bobolarning bolasi sarkor,Samarqand, Xeva, Şoş — mustaqilligim.
Mustaqillik asosi bölgan Konstitutsiyani asrab-avaylaş, undagi inson qadri va huquqiy erkinliklarga oid normalarni hayotga tatbiq etiş, ularni çuqur huquqiy bilim asosida tarğib qiliş har bir ziyolining yelkasidagi muqaddas burçdir.
ÖZBEKTOŞ TÖRAXONLI,
Özbek Milliy Akademik drama teatri xodimi,
dramaturg, rejissyor,
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi,
Teatr arboblar uyuşmasi aʼzosi,
Maʼrifat tarğibotçilar jamiyati aʼzosi,