Agentlikning ma’lum qilishicha, nemis tilidan B2 yoki C1 darajadagi xalqaro sertifikatga ega o‘qituvchilar rasmiy hamkorlikka taklif etilmoqda.
Loyiha doirasida ishtirokchilar O‘zbekistonning 14 ta hududidagi 23 ta ta’lim muassasasida Germaniya standartlari asosida dars beradi. Shuningdek, asosiy ish joyidan ajralmagan holda oyiga 10 million so‘mgacha daromad olish, qulay ish vaqti va xalqaro loyihalarda ishtirok etish imkoni yaratilishi qayd etildi.
Talabgorlardan nemis tili bo‘yicha B2–C1 darajadagi sertifikat, zamonaviy o‘qitish metodikalarini bilish hamda natijaga yo‘naltirilgan ta’lim bera olish ko‘nikmasi talab etiladi.
Tashabbuskorlar Germaniyada ishlashni maqsad qilgan yurtdoshlarni tayyorlash jarayonida malakali o‘qituvchilarni faol ishtirok etishga chaqirgan.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun: Google Forms orqali ariza topshirish