Bu haqda mahalliy OAV Nepal politsiyasiga tayanib xabar berdi.
Hozirda 4858 bedarak yo‘qolgan odamlarni qidirish ishlari davom etmoqda, deb xabar berdi report.az.
Tabiiy ofat Nepalning shimoliy qismida 26-avgust kuni ertalab sodir bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, suv toshqini Xitoy bilan chegarada, “Rasuvagadxi” chegara punktidan taxminan 20 kilometr shimoli-sharqda ko‘chki tufayli yuzaga kelgan. Suv, loy va toshlarning kuchli oqimi daryo o‘zani bo‘ylab yuqori tezlikda 70 kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tib, yaqin atrofdagi aholi punktlarini vayron qildi va katta maydonni suv bosdi.