Bu haqida Namangan viloyati FVB xabar berdi.

Hodisa 23 avgust kuni soat 19:55 da tumanning Gulqishloq mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi Sirdaryo daryosida sodir bo‘lgan.

To‘qnashuv oqibatida bir fuqaro voqea joyida vafot etgan. Yana bir kishi tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib ketilgan, biroq u ham vafot etgan.

Holat yuzasidan mas’ul idoralar tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.