Bu haqda bank tomonidan taşkil etilgan brifingda Parrandaçilik loyihalarini boşqariş ofisi rahbari Olimjon Rahmonberdiyev maʼlum qildi.

Taʼkidlanişiça, sönggi beş yilda parrandaçilikni rivojlantiriş va tarmoqning ozuqa bazasini mustahkamlaşga qaratilgan yettita qaror qabul qilingan. Uşbu hujjatlar doirasida sohadagi loyihalarni moliyalaştiriş uçun «Mikrokreditbank»ka 185 million dollar ekvivalentida mablağ yönaltirilgan.

Bankka ajratilgan hamda xalqaro moliya institutlaridan jalb qilingan mablağlar hisobidan 524 ta loyihaga jami 2,5 trillion söm kredit berilgan. Şundan 598 milliard söm 107 ta yangi loyihani taşkil etişga, 1,9 trillion söm esa faoliyati töliq quvvatda işlamayotgan 416 ta parrandaçilik korxonasini qöllab-quvvatlaşga yönaltirilgan.

Moliyalaştiriş natijasida kredit ajratilgan xöjaliklarda parranda boqiş quvvati 43 foizdan 90 foizga yetkazilgan. Şuningdek, yillik 1,6 milliard dona isteʼmol tuxumi, 109 ming tonna parranda göşti va 278 ming tonna parranda ozuqasi işlab çiqariş quvvatlari yaratilgan.

Brifingda yirik loyihalardan biri sifatida «Agroparranda klaster» korxonasi faoliyati ham qayd etildi. Bank tomonidan ajratilgan 370 milliard söm kredit hisobiga Toşkent, Jizzax va Samarqand viloyatlarida umumiy qiymati 147 million dollar bölgan, işlab çiqarişning töliq zanjirini qamrab oluvçi klaster loyihasi amalga oşirilmoqda.

Loyiha doirasida Özbekistonda ilk bor göşt yönalişidagi 100 ming boş quvvatga ega birinçi tartibli reproduktor naslçilik xöjaligini işga tuşiriş rejalaştirilgan.

Bank vakillarining taʼkidlaşiça, kelgusida ham parrandaçilik sohasini moliyaviy qöllab-quvvatlaş orqali aholini arzon va sifatli parrandaçilik mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlaşga qaratilgan işlar davom ettiriladi.

Reklama