Davlat xavfsizlik xizmati, bojxona va ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda qalbaki xorijiy valyutani muomalaga kiritishga uringan shaxslarning harakatlariga chek qoʻyildi.
Maʼlum qilinishicha, Toyloq tumanida yashovchi, 1996, 2002 va 2003 yillarda tugʻilgan uch nafar fuqaro 100 AQSH dollari nominalidagi qalbaki banknotlarni shartli xaridorga 44 mln soʻmga sotayotgan vaqtda ushlangan.
Ulardan ikki nafari muqaddam sudlangan. Qalbaki banknotlar Turkiyadan olib kelingani aniqlangan.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Huquqbuzarlikka aloqador boshqa shaxslarni aniqlash boʻyicha ham choralar koʻrilmoqda.