Reyting peshqadamliligi:

  • 1-o‘rin — Magnus Karlsen (2840)
  • 2-o‘rin — Hikaru Nakamura (2792)
  • 3-o‘rin — Fabiano Caruana (2788)
  • 4-o‘rin — Nodirbek Abdusattorov (2780)
  • 5-o‘rin — Javohir Sindarov (2776)

Shu tariqa, O‘zbekiston shaxmat tarixida ilk bor ikki nafar grossmeyster bir vaqtning o‘zida jahon reytingining kuchli beshligiga kirdi.

Kuchli 100 talikdan joy olgan boshqa o‘zbekistonliklar:

  • Nodirbek Yoqubboyev — 2689 ochko (40-o‘rin)
  • Rustam Qosimjonov — 2665 ochko (50-o‘rin)
  • Shamsiddin Vohidov — 2637 ochko (79-o‘rin)

Ayollar o‘rtasida ham o‘zgarishlar kuzatildi. O‘zbekistonning yetakchi shaxmatchisi Afruza Hamdamova 2423 ochko bilan 34-o‘rinni egallab turibdi. Aprel oyida xalqaro grossmeyster unvoniga ega bo‘lgan Umida Omonova esa 2357 ochko bilan 88-pog‘onaga ko‘tarildi. Shu bilan birga, Gulruxbegim Tohirjonova kuchli 100 talikni tark etdi.

Jamoaviy reytingda O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi 2622 ochko bilan 9-o‘rinni egallab turibdi. Ayollar jamoasi esa 2252 ochko bilan 17-pog‘onada qayd etilgan.