Tadbir Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSh davlat idoralari vakillari, shuningdek, yetakchi kompaniyalar ishtirokidagi biznes dastur doirasida tashkil etilgan.
Sessiyaning muhim yangiliklaridan biri — Google Pay to‘lov xizmatining O‘zbekistonda ishga tushirilgani bo‘ldi. Bu haqda Google Cloud kompaniyasining davlat siyosati va davlat tashkilotlari bilan aloqalar yo‘nalishi rahbari Marchin Krasuski ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Raqamli texnologiyalar vazirligi.
Google Pay foydalanuvchilarga mos qurilmalar orqali raqamli to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beruvchi xizmat hisoblanadi.