Fabio Kannavaro:
— Albatta jahon chempionatidagi ilk ishtirok oson boʻlmasligi tabiiy. Qurʼa natijalari chiqqanidan soʻng Kolumbiya va Portugaliyani koʻrib, bizni juda qiyin guruh kutayotganini kutgandik.
Kolumbiyaga qarshi oʻyindan keyin ham jamoamdan faxrlanishimni aytgandim, bugun ham jamoam bilan faxrlanaman. Chunki ularni koʻrdim. Ha, qiyinchiliklarga duch kelishdi, ammo bir soniya ham taslim boʻlishmadi.
Albatta, barcha chiziqlarda yuqori saviyadagi futbolchilarga ega jamoaga qarshi oʻynash doim qiyin. Shubhasiz, ular juda katta motivatsiya bilan maydonga tushishgan edi. Biroq aytganimdek, bu jahon chempionati biz uchun tajriba.
Eldor Shomurodov:
— Birinchi navbatda, bu turnir Oʻzbekiston futboli uchun juda katta tajriba boʻlmoqda. Biz qanaqa yutkazgan taqdirimizda ham, bu narsadan Oʻzbekiston koʻp narsa yutdi, deb oʻylayman. Shunga qaramay, yirik hisobda uchralgan magʻlubiyat uchun muxlislardan uzr soʻraymiz. Bugungi natija (Kolumbiya-Kongo uchrashuvi natijasi)ga qarab, 3-turda oxirgi imkoniyatimiz boʻladi. 3-oʻyinda jahon chempionatidagi birinchi gʻalabamizni qoʻlga kiritishga harakat qilamiz.
Bizni qoʻllab turgan barcha muxlislarga rahmat aytamiz. Bunaqa magʻlubiyat uchun uzr soʻraymiz. Keyingi oʻyinlarda qoʻllab turishlarini soʻraymiz«.
Abbos Fayzullayev:
— Bugun himoyada ulgurmaganimiz sababi – raqib hujumchilarining darajasi ham kuchli. Dunyodagi eng kuchli yarimhimoyaga ega jamoaga qarshi oʻynadik va bu biz uchun katta tajriba boʻldi. Oʻzbekligimdan va shu bayroq ostida terma jamoamizni himoya qilayotganimdan juda ham faxrlanaman. Yutkazgan paytimizda ham, yutgan paytimizda ham borimizni berib, butun terma jamoa Oʻzbekiston uchun oʻynaymiz.
Behruz Karimov:
— Oʻyindan oldin murabbiyimiz Krishtianu Ronalduni «The Best” deb taʼrifladi. Raqibning har bir oʻyinchisi kuchli boʻlgani uchun ularning har biriga koʻrsatma berildi, lekin aynan Ronalduni yopamiz, deyilmadi. Chunki Ronalduni yopsak, uning atrofidagi oʻyinchilar ham tajribali.
— Ravshan Ermatov, (OʻFA birinchi vitse-prezidenti):
— 2:0 vaqtida golimiz hisoblaganda edi... Salgina adolatsiz boʻldi. Nima boʻlganda ham biz rivojlanish bosqichidan oʻtyapmiz. Hurmatli prezidentimiz hamma sharoit yaratib bergan. Ozgina vaqt kerak. 1-sinf bolasi 9-sinf bolasi bilan raqobatlasha olmaydi. Biz 1-sinf boʻlsak, ular 9-sinf. Oʻzbekistonda katta salohiyat bor. Yillar oʻtib Portugaliyadek jamoalar ham Oʻzbekistonga qarshi qoʻrqib tushadigan boʻladi.
Bu musobaqa biz qayerda ekanimizni, nimaning ustida ishlashimizni koʻrsatib beradigan ilk tajriba boʻldi.