Shu munosabat bilan “Oʻzbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Abdugʻani Sanginov, Boysun tumani hokimi Bahodir Shukurov va boshqa mutasaddilar kongа borib, “Kofrun” qishlogʻi faollari hamda loyiha doirasida ish olib borayotgan Xitoyning CNPC korporatsiyasi mutaxassislari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda loyihaning ahamiyati, avariyaviy quduqni yopish doirasida oylar kesimida amalga oshiriladigan asosiy chora-tadbirlar haqida batafsil maʼlumot berildi.

Shuningdek, mahalliy aholi vakillari bilan ochiq muloqot oʻtkazildi.