«Nihoyat, uzoq yillik tarixiy xato tuzatildi. Bugun Prezidentimiz lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini takomillaştirişga oid qonunni imzoladilar», — deb yozdi Saida Mirziyoyeva.
Uning taʼkidlaşiça, yillar davomida bahs-munozaralarga sabab bölib kelgan uşbu masalaga yeçim topiş vaqti kelgan edi. Saida Mirziyoyeva 2023-yil 11-dekabr kuni jadidlar merosiga bağişlangan konferensiyadagi nutqida alifboni takomillaştiriş taşabbusini ilgari surgan va bu boradagi bahslarga nuqta qöyiş vaqti kelganini aytgan.
«Albatta, özgarişlar oson keçmaydi, kimlardadir eʼtiroz yoki xavotir uyğotişi ham tabiiy. Lekin, işoning, yozuvimizdagi noqulayliklarga barham beriş va tilimizning raqamli makondagi örnini mustahkamlaş uçun boşqa yöl yöq edi», — dedi u.
Saida Mirziyoyevaning qayd etişiça, alifbodagi özgarişlar munosabati bilan barça hujjatlarni yangidan tayyorlaş talab etilmaydi. Amaldagi barça hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qoğozlar öz kuçida qoladi. Darsliklar, peşlavhalar va körsatkiçlar esa yaroqlilik muddati tugagaç, bosqiçma-bosqiç almaştiriladi.
«Uşbu qonunning 21-oktyabr kuni qabul qilinişida çuqur ramziy maʼno bor. Tuzatilgan alifbomiz maʼrifatparvar ajdodlarimiz orzusi, yoşlarimiz savodxonligi va tilimiz mavqeini yuksaltirişga xizmat qilişiga işonaman», — deya taʼkidladi Saida Mirziyoyeva.
U barçani Özbek tili bayrami kuni bilan tabrikladi.