Bu haqida Migratsiya agentligi rahbari Muhsinhoja Abdurahmonovning kompaniya bosh direktori Damir Lunich bilan o‘tkazgan onlayn muzokarasida ma’lum qilindi.
Kompaniyaning hamkorlari orasida «EXPO 2027» loyihalarida ishtirok etayotgan pudrat tashkilotlari ham bor.
Muzokaralar davomida tomonlar talab yuqori bo‘lgan kasblar va mehnat shartlarini aniqlash, nomzodlarni maqsadli saralash hamda kasbiy tayyorlash masalalari bo‘yicha kelishib oldi.
Yakuniy tanlovlarni Serbiya kompaniyasi vakillari ishtirokida O‘zbekistonda o‘tkazish rejalashtirilgan.
Aniq vakansiyalar bo‘yicha rasmiy talabnoma olinib, hamkorlik hujjati imzolanganidan so‘ng loyiha amaliy bosqichga o‘tkaziladi.