Mamlakatda 5G texnologiyasini birinchilardan bo‘lib joriy etgan kompaniya yuqori tezlikdagi aloqa qamrovini kengaytirishda davom etmoqda. Shu bilan birga, Ookla® mustaqil tahlili natijalariga ko‘ra, Ucell ketma-ket uchinchi yil O‘zbekistonning eng tezkor mobil tarmog‘i operatori sifatida e’tirof etildi.

Ucell mamlakatda 5G texnologiyasini joriy etishga birinchilardan bo‘lib kirishgan operatorlardan biridir. Kompaniya 2019-yil sentabr oyidayoq ICTEXPO ko‘rgazmasida yangi texnologiya imkoniyatlarini namoyish etdi hamda Tashkent City hududida beshinchi avlod aloqa tarmog‘ining ilk tayanch stansiyasini o‘rnatdi.

2021-yil aprel oyida Ucell Toshkent shahrida 5G tarmog‘ini tijorat maqsadida ishga tushirganini e’lon qildi. Shu tariqa abonentlar yangi texnologiyani nafaqat sinovdan o‘tkazish, balki undan mobil aloqa xizmati sifatida foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bu alohida sinov hududlaridan tijorat tarmog‘i qamrovini bosqichma-bosqich kengaytirishga o‘tishning boshlanishi bo‘ldi.

Keyingi bosqichda Samarqand va boshqa hududlarda 5G tarmog‘ini rivojlantirish ishlari olib borildi. Bugungi kunda Ucell’dan 5G mamlakatning barcha viloyat markazlarida, shuningdek, Zarafshon, Olmaliq, Angren, Ohangaron, Parkent va Bo‘stonliq kabi boshqa bir qator shaharlarda mavjud.

Farg‘ona vodiysi va Samarqand viloyatining barcha yirik shaharlari beshinchi avlod aloqasi bilan qamrab olindi. Qamrov doirasining kengayishi yanada ko‘proq abonentlarga yashash, ish va o‘qish joylarida yuqori tezlikdagi mobil internetdan foydalanish imkonini beradi.

Ucell telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishning alohida yo‘nalishi Toshkent metropoliteni hisoblanadi. Kompaniya yer osti bekatlari va tunnellarni yuqori tezlikdagi mobil aloqa bilan ta’minladi. Bekatlarda yo‘lovchilar uchun 5G, ularning oraliqlarida esa 4G tarmog‘i ishlab turibdi. Bu safar davomida, jumladan, bekatlar oralig‘ida ham aloqada qolish va internetdan foydalanish imkonini beradi.

Telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish natijalari xalqaro miqyosda ham e’tirof etilmoqda. Speedtest Intelligence® ma’lumotlarining 2026-yil birinchi yarmi bo‘yicha mustaqil tahlili natijalariga ko‘ra, Ookla® kompaniyasi Ucell’ni yana Fastest Mobile Network — «O‘zbekistondagi eng tezkor mobil tarmoq» mukofoti bilan taqdirladi.

Shunday qilib, Ucell 2024-yildan buyon ketma-ket uchinchi yil ushbu maqomni saqlab kelmoqda. Bundan tashqari, 2026-yil birinchi yarim yilligi yakunlariga ko‘ra, kompaniya Best Mobile Network — «O‘zbekistondagi eng yaxshi mobil tarmoq» mukofotiga ham sazovor bo‘ldi.

5G tarmog‘i geografiyasini kengaytirish va mavjud aloqa infratuzilmasini modernizatsiya qilish Ucell faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan bo‘lib qolmoqda. Kompaniyaning maqsadi — zamonaviy mobil texnologiyalardan nafaqat poytaxt va yirik shaharlarda, balki O‘zbekiston hududlarida ham foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish.

Реклама