Xususan, korxonada ISO 37001:2025 «Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi» xalqaro standarti joriy etilgani to‘g‘risidagi sertifikat olindi.
Mazkur tizimni joriy etish doirasida korxona faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash, baholash va ularni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratildi. Shu maqsadda joriy yilning o‘tgan davrida korxona faoliyatining 240 ta funksiyasi tahlil qilinib, ulardagi korrupsiyaviy xavf-xatarlar darajasi baholandi.
Aniqlangan korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kamaytirish va ularning oldini olish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar va dasturlar ishlab chiqilib, ularning o‘z vaqtida va samarali ijro etilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatildi.
Shuningdek, korrupsiyaga qarshi ichki nazorat mexanizmlarini kuchaytirish, xodimlarda korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirish, manfaatlar to‘qnashuvi va boshqa korrupsiyaviy xavflarni barvaqt aniqlash hamda ularning oldini olishga qaratilgan ishlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.
Bundan tashqari, «Navoiyuran» DKda ISO 37301:2021 «Komplaens menejment tizimi» xalqaro standarti ham joriy etilgan.
Ushbu standartlarning joriy etilishi «Navoiyuran» DKda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro talablarga asoslangan samarali boshqaruv tizimi shakllanayotganining muhim ko‘rsatkichi hisoblanadi.