Mablagʻlar faqat mahalliy qurilish materiallarini xarid qilishga yoʻnaltiriladi.

Shuningdek, mahsulotlar sifatini tekshirish va aholini salomatlik uchun xavfli tovarlardan himoya qilish maqsadida Toshkent shahri, Fargʻona va Samarqandda uchta zamonaviy laboratoriya tashkil etiladi.

Mutasaddilarga bir oy ichida laboratoriyalar joylashuvini aniqlash va ularni kelasi yil ishga tushirish topshirilgan.

Prezidentning Parkent tumanida qurilish materiallari sanoati va turizmni rivojlantirish masalalari yuzasidan investor hamda tadbirkorlar bilan uchrashuvida mahalliy korxonalar sifati tekshirilmagan arzon import mahsulotlari bilan raqobatlashayotgani, sinov laboratoriyalari esa yetishmasligi ham qayd etildi.