Saroy oldidagi maydonda ikki davlat bayroqlari koʻtarildi va faxriy qorovul saf tortdi.
Davlatimiz rahbarini Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko samimiy kutib oldi.
Davlat madhiyalari yangradi.
Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan oʻtib, rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini qutladilar.
Birgalikda suratga tushilgandan soʻng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.