Davlatimiz rahbari Anqara shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining “Turk asri: tilda, fikrda va ishda birlik” mavzusidagi navbatdagi sammitida ishtirok etadi.
Tashkilot doirasida koʻp tomonlama hamkorlikni, avvalo, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-logistika va madaniy-gumanitar sohalarda, shuningdek, turizm, ekologiya va taʼlim yoʻnalishlarida yanada kengaytirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari koʻrib chiqiladi.
Delegatsiyalar rahbarlari xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashadilar.
Sammit yakunlari boʻyicha Anqara deklaratsiyasi hamda tashkilotga aʼzo mamlakatlar oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli sheriklikni rivojlantirishga qaratilgan qator qoʻshma qaror va hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.