Toshkent viloyatida bugun kechqurun va 29 sentyabr kechasi ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.
Kunduz kunlari havo harorati 25–28 daraja, kechalari 10–13 daraja atrofida boʻladi.
30 sentyabr va 1 oktyabr kunlari respublika hududining ayrim joylarida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidan tashqari, yomgʻir yogʻishi va momaqaldiroq boʻlishi mumkin. 2 oktyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi.
Ushbu kunlarda kechalari harorat 8–13 daraja, kunduz kunlari 21–24 daraja, ayrim joylarda 26 darajagacha boʻladi.
Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida hafta davomida vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. 30 sentyabr–1 oktyabr kunlari ayrim joylarda kuchli yomgʻir kuzatilishi mumkin. Baland togʻli hududlarda yogʻingarchilik qorga aylanishi ehtimoli bor.
Shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7–12 m/s tezlikda esadi. 30 sentyabr va 1 oktyabr kunlari choʻl hududlari hamda janubda ayrim joylarda shamol tezligi 14 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Toshkentda bugun kechqurun va 29 sentyabr kechasi ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Harorat kechalari 10–13 daraja, kunduz kunlari 25–28 daraja boʻladi.
30 sentyabr va 1 oktyabrda poytaxtda vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻishi va momaqaldiroq boʻlishi mumkin. 2 oktyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari 10–13 daraja, kunduz kunlari 21–24 daraja atrofida boʻladi.
Toshkentda shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi.