Yil yakunigacha Ispaniya, AQSh, Niderlandiya va Xitoydan qovunning eng yaxshi navlari, urugʻchilik va agrotеxnologiya boʻyicha mutaxassislarni olib kelish topshirildi.

Saloḥiyatli investorlarni jalb qilib, shu yerning oʻzida qovunni qayta ishlash va eksport qilish bilan shugʻullanuvchi xolding tashkil etiladi.

Nukus tumanidagi texnikum qovunchilikka moslashtirilib, laboratoriya va sinov poligoni bilan ta’minlanadi.

Ushbu muassasa Qoraqalpogʻiston, Xorazm, Jizzax, Qashqadaryo va Sirdaryodagi qovun yetishtiruvchilar uchun tajriba almashish metodik markazi boʻladi.

Nukus shahrida Prеzidеnt Shavkat Mirziyoyev raisligida Qoraqalpogʻistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish davom etmoqda.