Bu boradagi Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 avgustdagi «Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etish toʼgʼrisida»gi 631-sonli qarori, Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʼrinbosari Аziz Аbduhakimovning 2020 yil 9 martdagi «Ohangaron tumanida Qurama va «Ovjazsoy» archazor, Ugom-Chotqol togʼ tizmalarining «Ertoshsoy» soyi boʼyi va Ohangaron daryosi boʼyidagi «Аqcha» hududlarida eko, agro, gastronomik va boshqa turizm infratuzilmalarini barpo etish hamda yangi turistik yoʼnalishlarni tashkil etish boʼyicha» 31/1-2916-sonli dasturi»da belgilangan vazifalari ijrosini taʼminlash maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, «Sanam» MFY «Ovjazsoy» hamda «Koʼksaroy» MFY «Ertoshsoy» qishloqlarida oilaviy mehmon uylarini tashkil etish, ularda koʼrsatilayotgan xizmat turlarini koʼpaytirish va sifatini yaxshilash masalalari boʼyicha targʼibot-tashviqot va tushuntirish ishlari olib borildi. Turizm salohiyatini yuksaltirishda sohada amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish hamda ichki turizmni yanada rivojlantirish maqsadida joylashtirish vositalari sonini koʼpaytirish, oilaviy mehmon uylarini tashkil etish boʼyicha targʼibot-tashviqot ishlari respublika boʼylab davom ettirilmoqda.
Ohangaron tumanida oilaviy mehmon uylarini tashkil etishga doir targʼibot ishlari oʼtkazildi
Turizmni rivojlantirish davlat qoʼmitasi masʼullari tomonidan Toshkent viloyatining Ohangaron tumani boʼylab oilaviy mehmon uylarini tashkil etish borasidagi navbatdagi targʼibot tadbirlari amalga oshirildi.
O‘zbekiston XX Osiyo o‘yinlarini 70 ta medal bilan 5-o‘rinda yakunladi
- Interpol kanallari orqali qidiruvda boʻlgan jinoyatchi Gruziyadan Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilindi
- Italiya O‘zbekistondan tibbiyot mutaxassislarini ishga jalb qilish bo‘yicha hamkorlik qiladi
- Bugun Bokuda dzyudo boʻyicha jahon chempionati boshlanadi
- Bolalarning ta’lim ehtiyojlarini baholashning yangi tizimi yo‘lga qo‘yiladi
- Javohir Sindarov Clutch Chess turnirida ishtirok etadi
Shahnoza Mirziyoyeva Namanganda besh yoshli qizaloq bilan bog‘liq fojia yuzasidan munosabat bildirdi
- Xitoydan 121 bosh naslli qoramol olib kelindi
- «Xumo» fermer xo‘jaligi rahbari: «Ilmga yondashsak, kam bo‘lmaymiz»
- Paxtani birjada sotgan fermerga ham, uni sotib olgan klasterga ham har tonna uchun 500 ming soʻmdan subsidiya beriladi
- Suyultirilgan gaz taʼminoti: tizimga xususiy sektor kirib kelmoqda
- Namanganda 5 yoshli qiz bilan bog‘liq jinoyat ishi Bosh prokuror nazoratiga olindi