Loyiha 2025 yil oktabr oyida Prezident Administratsiyasi Rahbari Saida Mirziyoyeva tomonidan boshlangan bo‘lib, «El-yurt umidi» jamg‘armasi tomonidan Oksford universiteti hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamkorligida amalga oshirilmoqda.
Yozgi maktabda Oksford universiteti talabalari va tadqiqotchilari o‘zbek va chig‘atoy tillarini chuqur o‘rganish, shuningdek, O‘zbekiston tarixi, adabiyoti, tasavvuf, jadidchilik, qo‘lyozma meros va milliy madaniyat bo‘yicha bilimlarini mustahkamlash imkoniga ega bo‘ladi.
Ta’lim dasturi Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlarini qamrab olib, muzeylar, tarixiy obidalar, kutubxonalar va hunarmandchilik markazlariga tashriflarni ham o‘z ichiga oladi.
Yozgi maktab «Oksford o‘zbekshunoslik dasturi»ning muhim amaliy bosqichi bo‘lib, o‘zbek tili, tarixi va madaniyatini xalqaro akademik maydonda keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.