1-oktabr ertalabgi holatga ko‘ra, Brent markali neftning noyabr oyi uchun fyucherslari bir barreli 97,32 dollardan savdolandi. Narx 0,72 foizga pasaydi, deb xabar berdi Kazinform.

WTI markali neft narxi bir barrel uchun 89,57 dollarni tashkil etib, 0,94 foizga arzonladi.

Rossiyaning Urals markali nefti bir barrel uchun 110,40 dollar bo‘ldi. Uning narxi 0,49 foizga pasaydi.

Sentyabr oyi yakunlariga ko‘ra, Brent markali neft narxi qariyb 14 foizga oshdi. Bu iyul oyidan buyon qayd etilgan eng yuqori o‘sish bo‘ldi. WTI narxi esa qariyb 5 foizga qimmatladi.

Neft narxlarining dinamikasiga AQSh va Eron o‘rtasidagi muzokaralarning borishi hamda Fors ko‘rfazidan neft yetkazib berishni tiklash istiqbollari ta’sir ko‘rsatmoqda. Investorlar OPЕK+ davlatlarining neft qazib olish hajmi bo‘yicha qabul qilishi mumkin bo‘lgan qarorlarini yuqori baholamoqda.