Asosiy mukofotlar 1 ta Bosh milliy mukofot

Televideniye yoʻnalishi boʻyicha — Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (1-, 2-, 3-oʻrinlar);

Radio yoʻnalishi boʻyicha — Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (1-,2-,3-oʻrinlar);

Bosma nashrlar yoʻnalishi boʻyicha — Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (1-, 2-, 3-oʻrinlar);

Internet nashrlari yoʻnalishi boʻyicha — Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (1-, 2-, 3-oʻrinlar).

Chet ellik jurnalistning Oʻzbekiston  haqidagi eng yaxshi materiali uchun – 1 ta birinchi oʻrin, 4 ta ikkinchi oʻrin (TV, radio, bosma va internet nashrlari yoʻnalishlari boʻyicha).

Shuningdek, 12 ta ragʻbatlantiruvchi nominatsiya joriy etiladi. Tanlovning ragʻbatlantiruvchi nominatsiyalari boʻyicha qoʻshimcha e’lon beriladi.

Tanlov gʻolib va sovrindorlariga:

  • Tanlov Bosh milliy mukofoti sohibiga maxsus diplom, “Oltin qalam” statuetkasi va engil avtomobil tantanali ravishda topshiriladi.
  • Birinchi oʻrinni olgan gʻoliblar diplom, “Oltin qalam” statuetkasi va bazaviy hisoblashning 200 barobari miqdorida pul mukofoti bilan;
  • Ikkinchi oʻrinni olgan gʻoliblar diplom, “Oltin qalam” statuetkasi va bazaviy hisoblashning 175 barobari miqdorida pul mukofoti bilan;
  • Uchinchi oʻrinni olgan gʻoliblar diplom, “Oltin qalam” statuetkasi va bazaviy hisoblashning 150 barobari miqdorida pul mukofoti bilan;
  • Tanlovning ragʻbatlantiruvchi nominatsiyalari gʻoliblari diplom, “Oltin qalam” statuetkasi va bazaviy hisoblashning 100 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Tanlovda har bir ishtirokchining 2025 yil 22 apreldan 2026 yil 22 aprelgacha bosma va internet nashrlarida e’lon qilingan, radio va televideniyada efirga uzatilgan  5 tadan 7 tagacha materiallari koʻrib chiqiladi. 

Agar ijodiy jamoa – gazeta tahririyati tanlovda qatnashadigan boʻlsa, gazetaning 5 tadan 7 tagacha soni, tele yoki radiokanal jamoasi tanlovda ishtirok etadigan boʻlsa, 5 tadan 7 tagacha eng yaxshi koʻrsatuv yoki eng yaxshi eshittirishning elektron varianti (yoki havolasi) ilova qilinadi.

“2025 yilda chop etilgan publitsistik janrdagi eng yaxshi kitob uchun” ragʻbatlantiruvchi nominatsiyasi boʻyicha tanlovda qatnashish istagida boʻlganlar Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasiga kitobidan bir dona taqdim etadi.

Tanlovga taqdim etiladigan ijodiy ishlarga quyidagi hujjatlar ham ilova qilinadi:

  • muallif va uning professional faoliyati toʻgʻrisidagi qisqacha ma’lumot (obyektivka);
  • muallifning pasport yoki  ID-karta nusxasi, telefon raqami.
  • Jamoaviy ishtirok etuvchi OAVning roʻyxatdan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi guvohnoma nusxasi va tashkilot rahbarining pasport yoki  ID-karta nusxasi.

Tanlovga ijodiy ishlar Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi va uning hududiy boʻlimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi koʻmagida mamlakatimizning xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari orqali, shuningdek, mualliflardan toʻgʻridan-toʻgʻri elektron shaklda tanlov matbuotda e’lon qilingan kundan boshlab joriy yil 22 mayga qadar qabul qilinadi.

Matbuot yoʻnalishi boʻyicha ijodiy ishlar:

  • gazeta yoki jurnalda e’lon qilingan materiallarning nusxasi (pdf formatda);
  • Internet nashrlari boʻyicha materiallarning havolasi (link, havola) koʻrsatilgan holda;  
  • televideniye boʻyicha videomateriallar (3 daqiqadan 30 daqiqagacha telegram formatda (annotatsiyasi, qisqacha mazmuni bayoni bilan);
  • radio yoʻnalishi boʻyicha audiomateriallar (3 daqiqadan 30 daqiqagacha, annotatsiyasi, qisqacha mazmuni bayoni bilan);   

Ragʻbatlantiruvchi nominatsiya – fotojurnalistika boʻyicha ijodiy ishlar Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasining info@jurnalistlar.uz elektron manziliga  hamda Telegram messenjerida +99870-484-71-79 telefon raqamiga ochilgan (OLTIN QALAM 2026) sahifaga yuborilishi soʻraladi. 

“Oltin qalam”  Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovining gʻolib va sovrindorlari 27 iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan oʻtkaziladigan bayram tadbirida  tantanali  ravishda taqdirlanadi.

Murojaat uchun telefonlar: 71 244-37-87, 71-244-64-62.