Bosh konsulxona vakillari holatga aniqlik kiritdi. Maʼlum bo‘lishicha, yurtdoshimizning turmush o‘rtog‘i bilan oilaviy kelishmovchiliklari tufayli mazkur muammo yuzaga kelgan. Onaning aytishicha, oilaviy janjaldan so‘ng turmush o‘rtog‘i uni va 4 nafar farzandini qarovsiz qoldirib, yashab turgan joyidan chiqarib yuborgan.

Shundan so‘ng, ushbu holat yuzasidan fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida Migratsiya agentligining Sankt-Peterburg shahridagi vakili bilan hamkorlikda ona va uning farzandlari vaqtinchalik turar joy bilan taʼminlandi.

Joriy yilning 15-iyul kuni ona va uning to‘rt nafar farzandi “Sankt-Peterburg – Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha Vatanga qaytarildi.