Abu-Dabidagi “Qasr Al-Vatan” rasmiy qarorgohida bo‘lib o‘tgan tantanali marosimda davlat rahbari yangi tayinlangan xorijlik elchilar, xususan, O‘zbekiston vakilining ishonch yorliqlarini qabul qildi.

Suhbat chog‘ida BAA Prezidenti ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holatini yuqori baholab, elchiga O‘zbekiston va Amirliklar o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik, ayniqsa, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va turizm sohalaridagi aloqalarni yana-da mustahkamlash borasidagi masʼuliyatli faoliyatida muvaffaqiyat tiladi.

BAA rahbariyati elchining diplomatik missiyasini samarali amalga oshirishi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratib berishga tayyorligini bildirdi.

O‘z navbatida, O‘zbekiston elchisi BAA Prezidentiga O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va ehtiromini yetkazdi. Diplomat ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli oliy darajadagi munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilgani va bundan buyon ham strategik sheriklikni kengaytirish uchun bor kuch-g‘ayratini safarbar qilishini taʼkidladi.

Eslatib o‘tamiz, Umid Shodiyev 2022–2025-yillarda mamlakatimizning BAAdagi elchixonasiga rahbarlik qilgan va 2025-yil dekabr oyida O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi raisi etib tayinlangan Abdulaziz Aqqulov o‘rniga tayinlangan edi.